Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

15.4.Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi. 
Mazkur darsning asosiy vazifasi geografiya predmetlari uchun xos 
bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirishdir. Mazkur ko’nikmalar nazariy bi-
limlarni o’zlashtirishga, mustahkamlashga va amalda qo’llashga imkon 
beradi. Ko’p xollarda mazkur darslarni bilimlarni mustahkamlash va geog-
rafik ko’nikmalarni shallantirish darsi ham deb ataladi. O’qitishni sifatini 
oshirishdagi vazifalarni kuyilishi va yechilishi munosabati bilan hamda 
o’quvchilarni amaliy faoliyatga bo’lgan e’tiborni ortishi bilan mazkur dars-
lar turini ahamiti yanada ortadi. Bunday darslarda o’quvchilar faoliyatini 
asosiy shakli bo’lib amaliy ishlarni bajarish hisoblanadi. Mazkur amaliy 
ishlarni bajarish davomida o’quvchilarda geografik ko’nikmalar shaklla-
nadi. 
Ushbu darslarda o’quvchilarni nazariy va amaliy faoliyati bir-biri bilan 
chambarchas bog’langan. Shuning uchun geografik ko’nikmalarning katta 
qismi yangi bilimlarni olish jarayonida shakllatiriladi. Ayrim amaliy ishlar 
mazkur darslarda bajariladi, masalan, geografik koordinatalarni aniqlash, 
masshtab turlari bilan ishlash, Turon tekisligi bo’ylab o’tkazilgan tabiiy 
geografik kesmani tahlil qilish (VII sinf). Ayrim amaliy ishlarni yangi mav-
zuni o’rganib bo’lgandan keyin bajarish mumkin. Bunda olingan bilim va 
ko’nikmalar mustahkamlanadi. Masalan, o’quvchilarni iqtisodiy diagram-
malar bilan ishlash ko’nikmalarini darsni mustahkamlash bosqichida olib 
borish mumkin. Amaliy mashg’ulotlarni uyga vazifani tekshirish jarayoni-


da xam o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar ma’lum bir qolip asosida 
ishlashadi. Ya’ni ma’lum bir qolip asosida daryoga, dengizga yoki ko’llar-
ga ta’rif berish, ayrim davlatlarni iqtisodiy geografik ta’rifini tuzish va h.k. 
Amaliy ishlar ikki turga bo’linadi: o’qitadigan (o’rgatadigan) ; yaku-
niy. O’rgatuvchi (mashq qildiradigan) amaliy ishlarning maqsadi o’quv-
chilarni ma’lum bir geografik topshiriqni bajarishga o’rgatishdir. Masalan, 
geografik kordinatalarni aniqlash, kartada masofani masshtab orqali 
aniqlash; daryo suv sarfini hisoblash; xududni tabiiy geografik tavsifini 
tuzish; demografik ko’rsatgichlarni hisoblash; iqtisodiy geografik tavsif-
larni tuzish. Demak, o’rgantuvchi amaliy ishlarda turli ko’nikmalar 
shakllantiriladi, tegishli bilimlar mustahkamlanadi. 
Qator o’rgatuvchi amaliy ishlardan so’ng yakuniy amaliy ish o’tka-
ziladi. Uning maqsadi olingan bilim va shakllantirilgan ko’nikmalarni 
o’zlashtirish darajasini tekshirishdir. Masalan, Chirchiq Oxangaron o’lka-
sini tabiiy geografik tavsifini tuzishi ko’nikmalari shakllantrilgandan so’ng 
O’zbekistonnni boshqa tabiiy geografik o’lkalarini o’qituvchilar amaliy 
mashg’ulot darslarida mustaqil o’rganishlari mumkin. Buning uchun 
o’qituvchi tabiiy geografik o’lkalarni o’rganish texnologiyasini modul 
tizimini ishlab chiqishi mumkin. 
Xar bir tabiiy geografik rayon uchta quyidagi modullarga bo’linadi: 
tabiiy geografik rayonni geografik joylashishi va chegaralari; yer yuzasini 
tuzilishi, geoglogik sharoiti va foydali qazilmalari; ichki suvlari, tuprog’i 
o’simligi va hayvonot dunyosi. Mazkur modullar yanada mayda modul-
larga bo’linadi. Masalan, ikkinchi modulni quyidagi modulchalarga bo’li-
shimiz mumkin: rayonning relefi; rayonning geologik tuzilishi; rayonning 
foydali qazilmalari. O’quvchilar bilim va ko’nikmalarni yaxshi o’zlashti-
rishlari uchun mazkur modullarni yanada maydaroq qismlarga bo’lish 
mumkin. Masalan, foydali qazilmalar modulini quyidagi qismlarga bo’lish 
mumkin: yoqilg’i energitika foydali qazilmalari; metalli foydali qazilmalar; 
nometall foydali qazilmalar. 
Demak, yakuniy amaliy ishlar geografik voqea va xodisa xamda 
ob’ektlarni tavsifiga bag’ishlanar ekan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 
darslarida barcha xalq xo’jaligi tarmoqlarini yoki ayrim davlatlarni modul 
texnologiyasidan foydalanib o’rganish mumkin (5-rasm). 




Demak, yakuniy amaliy ishlar geografik voqea va xodisa xamda 
ob’ektlarni tavsifiga bag’ishlanar ekan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 
darslarida hamma xalq xo’jaligi tarmoqlarini yoki ayrim davlatlarni modul 
texnologiyasidan foydalanib o’rganish mumkin. Masalan, jahon sanoatini 
o’rganishda uni quyidagi modullarga bo’lib o’rganish mumkin: metal-
lurgiya sanoati; mashinasozlik; yengil sanoat; qurilish xom ashyosi sanoati; 
oziq-ovqat sanoati; va h.k. ular o’z navbatida yana maydaroq modullarga 
bo’linib ketishadi. Masalan, mashinasozlikni yana quyidagi modulchalarga 
bo’lib yuborish mumkin: avtomobilsozlik; stanoksozlik; podshipnik ishlab 
chiqarish; teplovozsozlik; samalyotsozlik; ekskovatorsozlik; vagonsozlik; 
qishloq xo’jaligi mashinasozligi; kemasozlik; va h.k. 
Geografik ko’nikma va malakalarni shakillantirish darsi quyidagi 
qismlarga bo’linadi: ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni qo’yish; o’quvchi-
larni o’quv vositalari bilan tanishtirish (darslik, karta, jadvallar, diag-
rammalar). Ular amaliy mashg’ulotlarni bajarishda zarur bo’ladi; o’quv 
ishlari usullarini o’zlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berish; amaliy ishlarni 
bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berish; bajarilgan amaliy ishlar natijalarini 
rasmiylashtirish; qilingan ishlarni yakunlash; uyga vazifa berish va uni 
bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berish. 
Amaliy ishlar bajarishni samaradorligi ishni aniq tashkil qilishga 
bog’liq: qiyoslash; solishtirish; oddiy hisob -kitoblarni bajarish; ma’lum reja 
yoki qolip asosida geografik voqea va hodisalarni tavsifini tuzish; bog’-
liqliklarni aniqlash; karta bilan ishlash va h.k. 
Geografik ko’nikma va malakalarni shakillantirish darsida faqat 
yakuniy amaliy ishlar bajariladi. Bunday darslar quyidagi tashkiliy 
qismlardan iborat: darsni maqsadini qo’yish; yangi bilimlarni tushuntirish 
jarayonida o’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilish; darsni mantiqiy 
qismlari bo’yicha yakunlash va mustahkamlash; olingin bilim va ko’nik-
malarni amalda qo’llash; uyga vazifa berish. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin