Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

9-jadval
Mazkur ma’lumotlar jadval shaklida quyidagicha ifodalanishi lozim 
(Dushina, 1985) 
Dars 
mav-
zusi 
Dars 
turi 
Ta’limiy 
maq-
sadlari 
Tarbiya 
viy 
maqsad-
lari 
O’quv 
mate-
riali 
maz-
muni 
Dars- 
ning 
tuzi- 
lishi 
Dars- 
ning 
jixozi 
Tayanch 
tushun-
chalar 
Predm
etlar 
aro 
aloqa 
lar 
Ichki 
pred-
met 
lararo 
aloqa-
lar 


Mazkur mavzuni rejalashtirishni asos sifatiida qabul qilish mumkin. 
Aniq o’quv sharoitida geografiya o’qituvchisi unga o’zining o’zgarti-
rishlarini va qo’shimchalarini kiritish mumkin. 
Dars rejasi.
Dars rejasi har bir ajratilgan soat doirasidagi mavzuga 
tuziladi. Dars rejasi quyidagi qismlardan iborat bo’ladi. Darsning mavzusi: 
darsning maqsadi; darsning jihozi; darsda qo’llaniladigan o’qitish metodi; 
dars mavzusining qisqacha tavsifi; dars mavzusida uchraydigan geografik 
nomlar tizimi; dars mavzusida uchraydigan olimlar; dars mavzusida 
uchraydigan atamalar; darsni mustahkamlash uchun savol va topshiriq-
lartizimi; uyga vazifa berish. 
 
14.4. O’qituvchini darsga tayyorgarligi. 
O’qituvchi har bir darsga chuqur va to’la tayyorlanmog’i lozim. 
O’qituvchini darsga tayyorgarligi quyidagi qismlardan iborat: darsni 
maqsad va vazifalarini aniqlash; darsning mazmunini aniqlash; o’qitishni 
metodlarni aniqlash; o’qitish vositalarini tanlash; darsni tarkibiy tuzilishini 
aniqlash. Darsni maqsadi bu mazkur dars davomida o’quvchilar o’qituvchi 
raxbarligida o’quv tarbiya va rivojlantirish bo’yicha erishadigan oldindan 
rejalashtirilgan yakuniy natijadir. Darsning maqsadi mazkur mavzu 
bo’yicha dasturdagi va darslikdagi materiallar mazmunini ishlab chiqish 
asosida aniqlanadi. Darsning maqsadini aniqlash uni mazmunini ishlab 
chiqishga, o’qitish materialini tanlashga va darsni borishiga katta ta’sir 
ko’rsatadi. Maqsad aniqlangandan so’ng ushbu maqsadga erishish uchun 
darsning tuzilishi ishlab chiqiladi. Darsning maqsadini aniqlash quyidagi 
talablarga javob berishi mumkin: 
- darsning maqsadi juda qisqa shaklda ifodalangan bo’lmog’i lozim; 
- darsning maqsadida o’quvchilar qanday bilimlarni egallashlari, 
qanday ko’nikmalar shakllantirilishi ifodalangan bo’lmog’i lozim; 
-darsda qanday bilim va ko’nikmalarni shakllantirilishi yoki ularni 
chuqurlashtirish ko’rsatilishi lozim. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin