Iqtisodiy ta’lim tamoilini hisobga olish. Geografiya ayniqsa iqtisodiy
geografiya darslarida o’quvchilarga iqtisodiy ta’lim va tarbiya berish katta
axamiyatga ega. Har bir xo’jalik tarmog’ini o’rganishda ularni iqtisodiy
samarasi haqida bilimlar beriladi, shu bilan birga xom ashyo va tabiiy
resurslardan tejab tergab foydalanish, o’z mulkiga va davlat mulkiga
extiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni o’rgatish o’quvchilarni iqtisodiy
tarbiyasini yuqori darajaga ko’tarishga imkon beradi.
Geografiya darslarida ekologik tarbiya berish. Geografiya fani atrof
muxit va xo’jalik xaqida bilim beradigan yagona fan bo’lganligi sababli
unda o’quvchilarga ekologik tarbiya berish katta imkoniyatlariga ega.
tabiiy va iqtisodiy geografiya predmetlarini o’rganishda har bir mavzu
bo’yicha ekologik bilim ta’lim va tarbiya berish mumkin. Ayniqsa O’rta
Osiyodagi regional ekologik muammolarni yoritib berish yoki ulardan
misollar keltirish katta axamiyatga ega.
14.2. Geografiya darslarining tuzilishi. Geografiya darslarini tuzilishi didaktika va geografiya o’qitish meto-
dikasida umum qabul qilingan qoidalarga asoslangan. Mazkur qoidalarga
binoan geografiya darslari quyidagi qismlardan iborat: bilimini tekshirish
(uyga berilgan vazifalarni tekshirish va baxolash); yangi mavzuni o’tish;
yangi mavzuni mustahkamlash; uyga vazifa berish.
Tashkiliy qism. Mazkur qismda yoki bosqichda o’quvchilar bilan
salomlashiladi, yo’qlama qilinadi, tozalik tekshiriladi, o’quvchilarni kitob,
daftar, atlaslari borligi tekshiriladi. So’ngra o’quvchilarni darsga tayyorlay-
di. Bunda o’tgan mavzu va yangi mavzuni ilmiy va amaliy ahamiyati
haqida o’quvchilarga ma’lumotlar beriladi va ularni darsga tayyorlaydi.
O’quvchilar bilimini tekshirish va baholash. Geografiya darslarining
eng asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mazkur qism yangi darsni o’tish
uchun asos bo’lib hisoblanadi. Darsda asosiy materialni o’zlashtirish
darajasi tekshiriladi. Olingan bilimlarni o’xshash va yangi o’quv sharoitida
qo’llash tekshiriladi. Bunday bilimlarga dunyoqarash g’oyalari, nazariy
bilimlar (umumiy tushunchalar, tamoillar, aloqalar, qonuniyatlar), dalillar
va o’quv ishlari usullari kiradi. Bilimlarni tekshirishning mazmuni mazkur
bo’limni yoki kursni o’qitishni yakuniy natijalariga mos kelishi lozim. Ular
dasturlarda berilgan bo’ladi. O’quvchilar bilimi va ko’nikmalarini
tekshirish uchun turli xil usullar qo’llaniladi. O’quvchilarni bilim va
malakalarini ma’lum bir mavzu bo’yicha tekshirish uchun o’qituvchi
svollarni yoki tarqatma materiallarni oldindan tayyorlab qo’ymog’i lozim.