O’qitish metodlarini tanlash. O’qitish metodlarini tanlash darsning
tuzilishi bilan bevosita bog’langan. Har bir dars tuzilmasi uchun alohida
metod tanlanadi. O’qitish metodlari deganda o’qituvchi va o’quvchilarni
ta’lim maqsadlarga erishishdagi birgalikdagi va xamkorlikdagi faoliyatidir.
Darsning mazmuniga ko’ra tanlangan o’qitish metodlariga qo’yiladigan
asosiy talablaridan biri dars jadvalida o’quvchilarni bilish faoliyatini
ta’minlashi lozim. Tanlangan o’qitish metodi sinfdagi barcha o’quvchilarni
bilish faoliyatini jadallashtirishi, geografik bilim va ko’nikmalarni olishga
qiziquvchanlikni kuchaytirishi lozim. Bunda shuni esdan chiqarmaslik
lozimki o’quvchilarni faol bilish faoliyati geografik bilim manbalaridan
foydalanish ko’nikmalari shakllantirilgandagina ta’minlanadi. Masalan,
kartalar, darslik, chizmalar va h.k.
Geografiya darslarida predmetlararo aloqalarni aniqlash. Geografiya
fani tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy fanlar tizimiga kirganligi munosabati bilan
qator predmetlar bilan chambarchas bog’langan. Geografiya predmetining
noyob va o’ziga xos ta’limiy va tarbiyaviy vazifasi atrof muxit to’g’risida,
xo’jalik va ijtimoiy soha bo’yicha turli xil bilimlarni umumlashtirishiga
imkon beradi. Geografiya darslarida tarix, biologiya, ximiya, fizika, mate-
matika fanlari bilan aloqalarni aniqlash va asoslab berish o’quvchilarni
bilish faoliyatini jadallashtiradi.
Geografiya darslarida o’lkashunoslik tamoillariga amal qilish. Geografiya fani tabiat va jamiyat xaqidagi bilimlarni bergani uchun unda
o’lkashunoslik tamoillaridan foydalanishni katta imkoniyatlari mavjud.
Geografiya predmetlaridagi deyarli barcha mavzularni o’lkashunoslik
tamoillaridan foydalanib o’rganish mumkin. Relef mavzusini maktab
atrofidagi relef shakllari orqali tushuntirish mumkin, gidrosfera mavzusini
maktab atrofidagi suv ob’ektlari misolida, qishloq xo’jaligi yoki sanoatni
o’z yashayotgan joyi misolida o’tish mumkin. Mazkur tamoilni qo’llash
geografik bilimlarni oson va tez o’zlashtirilishiga hamda o’quvchilarni o’z