Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


“Kompyuterlashtirish” yoki “Axborotlashtirish” deganda umum-



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 “Kompyuterlashtirish” yoki “Axborotlashtirish” deganda umum-
ta’lim maktablarini, akademik leytsiy va kasb-hunar kollejlarini kom-
pyuterlar bilan ta’minlash hamda turli ma’lumotlarni o’zlashtirish va 
olish tushuniladi. 
XX- asrning 80-yillaridan boshlab har bir maktabda kompyuter 
xonalari tashkil qilina boshlandi. Kompyuter xonalarida 10 dan ortiq 
kompyuterlar bo’lgan, ammo ularni sifati ya’ni ko’rsatgichlari past bo’lgan. 
Ammo olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki umumta’lim 
maktablarini kompyuterlashtirish natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida 
keskin o’zgarishlar sodir bo’lmadi.. Mazkur hol quyidagi xolatlarda 
nomoyon bo’lgan: a) o’qitish va mustaqil o’quv faoliyatini texnologiyasini 
motivatsiyasi o’zgarmadi; b) 
o’qituvchi 
faoliyatini 
motivatsiyasi 
o’zgarmadi; v) o’quv jarayonini boshqarish texnologiyasi o’zgarmadi; g) bu 
yerda gap XX–asrning 80-yillaridagi ommaviy maktablari haqida 
ketmoqda. Chuqurlashtirilgan maxsus maktablarda esa ta’lim jarayonida 
katta o’zgarishlar sodir bo’lgan. 
Keyinchalik amaliy pedagogikada kompyuterlarni qo’llash bo’yicha 
ustuvor yo’nalishlari shakllandi. Ular quyidagilarda namoyon bo’ldi: 
- informatika va hisoblash texnikasi asoslarini o’rganish; 
- ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo’llash; 
- axborot texnologiyalari yordamida ta’lim muassalarini va mintaqaviy 
ta’lim tizimlarini boshqarish. Bu esa axborot texnologiyalarini qo’llashni 
birinchi darajali ishlar qatoriga qo’shishga imkon beradi. Ushbu soxada 
olingan samaralar umumta’lim maktablarini kompyuterlashtirishga ketgan 
xarajatlarni qoplashi mumkin. 
Ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishda yangi ta’lim texnolo-
giyalari katta ahamiyatga ega. Yangi ta’lim texnologiyalari quyidagilarga 
imkon beradi: a)har bir maktab o’quvchisida o’zining shaxsiy ta’lim 
yo’nalishini rivojlantiradi; b) o’quv jarayonini tubdan o’zgartirishga va uni 


tizimli tafakkurlash tomonga loyihalashga imkon beradi; v)o’quvchilarni 
bilish faoliyatini samarali tashkil qilishga imkon beradi. Bunday yon-
doshshish kompyuterni bilish vositasiga aylantiradi. Maktablarda kom-
pyuterlarni o’rni qanday bo’lishi degan savol ta’limni kompyuter-
lashtiishni dastlabki bosqichlaridayoq qo’yilgan edi. Ammo kompyuter-
larni o’rganishdan undan foydalanishga o’tish juda qiyinchilik bilan 
amalga oshirilmoqda. Ko’p hollarda geografiya va boshqa fanlardan ishlab 
chiqilgan kompyuter texnologiyalari talabsiz qolib ketadi. Buning asosiy 
sabablaridan biri ular odatiy darslarning davomi bo’lib qolishidir. Elektron 
darsliklar ko’p hollarda darsliklarni bir nusxasiga (kopiyasiga) aylanib 
qolmoqda. Shuning uchun ularga talab kamroq bo’lib qolmoqda. Ularni 
samaradorligi tajribali o’qituvchi samaradorligidan yuqori bo’lmayapti. 
Elektron darsliklarni yoki kompyuter texnologiyasidan foydalanishga 
talabni kamayib borishining asosiy sabablaridan biri o’quvchilarni zamo-
naviy ta’lim ta’lablari va zamonaviy tamoillar bilan shaxsga yo’naltirilgan 
yondoshish va sinf-dars tizimida foydalanishga yo’naltirilgan dasturlarni 
bir biriga mos kelmasligidir. 
Kompyuterlarni yangi avlodini yaratish bilan yangi texnologiyalar 
ishlab chiqiladi, shu bilan birga ta’lim texnologiyalari ham ishlab chiqiladi. 
Kompyuterda matn, chizma, audio va video ma’lumotlarni birlashtirish 
o’quv ma’lumotlari sifatini keskin oshirib yuboradi. 
Kompyuterlar industriyasini rivojlangtirish pedagogik jarayonda 
inqilobiy o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Uning asosida esa o’quvchini 
individual faoliyatini ta’minlaydigan texnologiyalarga o’tish yotadi. 
Bunday texnologiyalarga o’tish dasturiy vositalarni yaratishi bilan bog’liq. 
Yaxlit kompyuterlashtirilgan predmetli kurslarda odatiy dasturiy asosno-
malarning ayrim qismlari saqlab qolinadi ular esa maktab darsliklarini 
turli darajalarda qaytarishadi. Shuning uchun mazkur kurslar quyida-
gilarga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim: a) ixcham (kompakt) predmetni 
mavjud bo’lishi, u o’quvchilarni mustaqilligini yuqori darajada ta’minlashi 
lozim; b) turli sohalarda bilimlarni yuqori darajadagi integratsiyasi mavjud 
bo’lgan predmetlarni o’rganishda; v) maktablarda o’qituvchilarni qisman 
yoki to’la kompyuterlar bilan almashtirish; g) sinf-dars tizimiga asos-
lanmagan eksperimental ta’limiy texnologiyalarni yaratish; d) o’quv 
jarayonida kompyuterlardan foydalanishni yangi yondoshuvlarini ishlab 
chiqish; ye) shaxsga yo’naltirilgan dasturiy asoslarni ishlab chiqish. 


Ta’lim muassalarida kompyuterlardan samarali foydalanish qator 
tashkiliy pedagogik muammolarni yechish bilan bog’liq. O’qituvchilarni 
kompyuterli maktablarda ishlashga tayyorlash muhim muammo bo’lib 
hisoblanadi, kompyuter texnologiyalarini maktablarda dastlabki davrlarda 
kam talab etilishi oliy ta’limda ushbu soha bo’yicha yetarli bilim beril-
masligidir. Elektron pochta imkoniyatlaridan foydalanishni dars va 
darsdan tashqari vaqtlarda jaxon kommunikatsion tarmog’idan foydala-
nish maxsus metodik tayyorgarlikni talab qiladi. Maktablarni zamonaviy 
axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ham dolzarb masalalardan biri 
hisoblanadi. 
Geografiya fani va geografiya ta’limida axborot texnologiyalaridan 
keng qo’llanilmoqda. Geografmiya ta’limida axborot texnologiyalardan 
foydalanishni quyidagi shart-sharoitlarini ta’kidlab o’tish lozim:
- geografiya o’qituvchisi axborot texnologiyalardan foydalanish 
ko’nikmasiga ega bo’lishi shart; 
- maktab o’quvchilari kompyuterlardan foydalanish ko’nikmasiga ega 
bo’lishi shart; 
- maktabda kompyuterlar sinfi bo’lishi shart. 
Geografiya ta’limida axborot texnologiyalarni qo’llash quyidagi 
soxalarda olib borilmoqda: elektron darsliklardan foydalanish; elektoron 
kartalardan foydalanish; internet imkoniyatlaridan foydalanish; videofilm-
lardan foydalanish; masofaviy o’qitish texnologiyalaridan foydalanish. 
Hozirgi davrda juda ko’p darsliklarning elektron versiyalari yaratil-
moqda. Shu munosabat bilan o’quvchilar berilgan mavzuni elektron 
darslikdan topib uni o’qituvchi yordamida yoki mustaqil o’rganishi 
mumkin. Darsni o’qituvchi boshqarib turish mumkin. Bunda o’qituvchi 
matnni o’rganishda izoxlar berib boradi. Matndagi chizmalar, rasmlar, 
kartalar, jadvallar alohida tushuntiriladi. Darsni oxirida o’qituvchi kom-
pyuter orqali o’quvchilarga savollar berishi mumkin. O’quvchilar esa 
kompyuter orqali javob berishadi. Ularning bergan javoblari o’qituvchi 
tomonidan baholanadi. 
Geografiya ta’limida kartalar asosiy o’quv vositasitalaridan biri bo’lib 
hisoblanadi. Shuning uchun kartalar bilan mustaqil ish bajarayotganda 
elektron kartalardan foydalanish mumkin. Elektron kartalar orqali 
quyidagi ishlarni bajarishi mumkin: 
- elektron karta orqali tabiiy geografik va iqtisodiy geografik tavsiflar 
tuzish. Masalan, iqlim kartalaridan foydalanib ma’lum bir materik yoki 


hudud iqlimi tavsifini tuzish yoki bo’lmasa iqtisodiy geografik kartalardan 
foydalanib ayrim mamlakatlar yoki hududlarga iqtisodiy ta’rif berish va 
h.k; 
- internet imkoniyatlaridan foydalanib geografiyaning turli soxalari 
bo’yicha yangi-yangi ma’lumotlar olish mumkin. Masalan, kundalik iqlim 
haqida, mamlakatlar haqida, aholi haqida, xo’jaligi va geosiyosiy sharoit 
haqida va h.k; 
- geografiya ta’limida videofilmlar juda katta ahamiyaitga ega. Video 
filmlardan quyidagi soxalar bo’yicha foydalanish mumkin: a) boshlang’ich 
tabiiy geografiya kursida; b) materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi 
kursida; v) O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’rganishda;
g) O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani o’rganishda; d) jaxon 
iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursini o’rganishda; ye) fakultativ 
mashg’ulotlarda; j) geografik to’garaklarda va h.k.; 
- masofaviy o’qitish geografiya ta’limida endi rivojlanib kelmoqda. 
Masofaviy o’qitish usulidan malaka oshirish kurslarida keng foydalanish 
mumkin. 
Axborot texnologiyalardan foydalanish geografiya ta’limida katta 
imkoniyatlarga ega. Geografiya ta’limini axborotlashtirishni to’xtovsiz 
takomillshtirib bormoq zarur. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin