Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Namoyish etilgan filmda berilgan bilimlarni mazmunini mustah-



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Namoyish etilgan filmda berilgan bilimlarni mazmunini mustah-
kamlash.
Bunda filmda keltirilgan dalillar, mulohazalar, ta’surotlar, ilgari 
olingan bilimlar bilan solishtiriladi. Filmda olingan bilimlar bilan darslik 
matni orasidagi aloqalar ochib beriladi. Dars yakunlanadi va xulosa 


qilinadi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quvchilar 
bilan suhbat o’tkazadi va suhbat davomida frontal so’rov amalga oshi-
riladi. Filmni ko’rib bo’lgandan so’ng xomaki chizmalar, rasmlar chizish 
mumkin, jadvallar to’ldirish mumkin, filmga annotatsiya tayyorlash 
mumkin, filmga taqriz yozish mumkin yoki maxsus yozma ish tayyorlatish 
mumkin. 
O’quvchilar filmda ko’rgan narsalariga kitobdan asosnoma topishlari, 
filmda namoyish etilgan geografik ob’ektlarni kartalardan topishlari yoki 
filmdagi geografik ob’ekt, voqea va xodisalarni yozuvsiz kartaga tushi-
rishlari, ular asosida grafiklar tuzilishlari mumkin. 
Kinolashtirilgan darsni samaradorligini aniqlash.
Filmni ko’rish 
natijasida olingan yangi bilimlar, ma’lumotlar darsni oxirida amalga 
oshiriladi. Natijada filmni ayrim lavxalari qayta namoyish qilinadi va 
o’zlashtirilmagan bilimlar yana qaytadan namoyish etiladi va takrorlanadi. 
Eng asosiysi o’qituvchi izoxi muxim o’rin tutadi. Filmni eng murakkab 
joylarida o’qituvchi namoishini to’xtatib batafsil izox bermog’i lozim. 
Shundagina darsni maqsadi amalga oshdi desa bo’ladi. 
O’qituvchini kinofilmlardan foydalanib dars o’tishga tayyorgarligi.
Kinofilmlar darsga o’ziga xos xususiyatlarni beradi, o’quvchilarni bilish 
faoliyatini jadallashtiradi, bilimlarni bevosita ko’rish orqali o’zlashtirishga 
imkon beradi, filmda geografik voqea va hodisalarni sodir bo’lishini 
kuzatishga imkon beradi. Ammo kino filmlar geografiya darslarini asosiy 
tarkibiy qismlarini ochib bera olmaydi. Masalan, bilimlarni tekshirish, 
uyga vazifa, tushuntirish va mustahkamlash. 
Geografiya o’qituvchisi kinofilmlardan foydalanib dars o’tishga 
tayyorgarlik ko’rayotganda quyidagilarga e’tibor berishi lozim: Darsni 
ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish, darsni mazmunini 
ishlab chiqish, darsda foydalaniladigan ekranli va statistik ko’rgazmalar 
fondi bilan tanishtirish va dars mazmuniga mos keladigan ko’rgazmali 
vositalarni tanlash. 
Tanlab olingan ekran materiallarini dars mazmuniga mosligi aniqla-
nadi. Dars rejasi ishlab chiqiladi va unda kirish so’zi ko’zda tutilmog’i 
lozim. Bundan tashqari film namoishi jarayonida o’quvchilarga beriladigan 
savollar va ularga beriladigan javoblar (filmni ko’rish jarayonida) oldindan 
aniqlab olinishi lozim. Filmni namoyishi davomida qisqa-qisqa izoxlar 
ko’zda tutilmog’i lozim. Filmni eng ma’qul joylarida namoyish to’xtatilib 
o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish ko’zda tutilmog’i lozim. 


Ma’lum bir paytlarda filmni to’xtatib izoh berish uchun darsga 
tayyorgarlik jarayonida o’qituvchi plyonkani to’xtatiladigan joylarini 
belgilab qo’yishi lozim, agar biror lavxani alohida ko’rsatish lozim bo’lsa 
mazkur lavhani baholashi va oxirgi plyonkada siyoh yoki ip bilan belgilab 
qo’yiladi. 
O’quvchilar filmni ko’rish jarayonida diktorni so’zini qiyin qabul 
qilishadi, shuning uchun pauzalarda o’qituvchi filmda namoyish etilgan 
geografik voqea va hodisalarga izox berib o’tishi lozim. Agar diktorni 
so’zlari yoki filmni muzikasi o’qituvchiga yoqmasa u filmni ovozini 
o’chirib o’zi tushuntirishi lozim. Filmni namoyish qilayotganda boshqa 
o’quv vositalaridan albatta karta bo’lmog’i shart. 
O’quvchi filmni ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur biladigan so’nggi 
darslarda filmdan foydalanish masalasini hal qilish mumkin. Filmning 
mazmuni zamonaviy talab darajasida bo’lmog’i lozim. Buni ayniqsa xalq 
xo’jaligi tarmoqlarini namoyish qilishda e’tiborga olish lozim. 
Darsda filmlarni namoyish qilishni samaradorligi uni qo’llash turiga 
bog’liq. Film darslarda muntazam va nomuntazam qo’llanishi mumkin. 
Filmlar muntazam ko’rsatilganda o’quvchilarda uni ko’rish, tahlil qilish, 
qabul qilish ko’nikmalari shakllanadi. Dars samaradorligi ortadi. Nomun-
tazam, ya’ni onda-soda dars paytida film namoyish qilinsa u samara 
bermaydi, o’quvchilar unga ko’nikma olishmaydi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin