fikr yuritishda ular
butun son xoliga keltiriladi, ya’ni kasr son butun
sonlarga aylantiriladi. Ayniqsa yodda saqlab qolinadigan sonlar albatta
yaxlitlanishi lozim. O’quvchilar o’z jadvallarida
yaxlitlangan sonlarni
aytishlari lozim. Masalan, Afrikaning maydoni 30 mln. km
2
, O’zbekiston
maydoni deyarli 0,5 mln km
2
va h.k.
Dars jarayonida ishlatiladigan har bir son izoxlanishi lozim. Masalan,
daryoning uzunligini so’rayotganda uni kema qancha vaqtda bosib
o’tishini, davlatlarni maydonini tushuntirayotganda uni g’arbdan sharqqa
tomon, shimoldan janubga tomon qancha masofaga cho’zilganligi va
ushbu masofalarni po’ezdda yoki avtomobilda qancha vaqtda bosib o’ti-
shini tushuntirilsa, o’quvchilarda maydon
tushunchasi tez va oson
shakllanadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar jon boshiga hisoblanadi. Masalan,
jon boshiga bug’doy yetishtirish, jon boshiga sanoat maxsulotlari yetish-
tirish va h.k.
Statistik ma’lumotlar bilan ishlashning
muhim usullaridan biri
qiyoslash hisoblanadi. Bunda sonlarni yodlab qolish shart emas. Masalan,
Turkmanistonning maydoni O’zbekistonnning maydoni bilan deyarli bir
xil yoki bo’lmasa Balxash va Ladoga ko’llarining maydoni deyarli bir xil va
h.k.
Bundan tashqari o’quvchilarga sonlarni qiyoslash bo’yicha topshiriqlar
ham berish mumkin. Masalan, O’zbekiston aholisi Osiyodagi qaysi
davlatlar aholisidan ko’p yoki O’zbekistonning
maydoni Osiyodagi qaysi
davlatlar maydoni bilan deyarli bir xil.
Dostları ilə paylaş: