Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

O’quvchilarni ish joyi
. Geografiya xonasida o’quvchilarni ish joyi ikki 
o’rindiqli stol va stuldir. Ular yog’ochdan yoki temirdan qilingan bo’lishi 
mumkin. Bu yerda asosiy antropometrik talab, stol va stullarning 
balandligi o’quvchilar bo’yiga mos kelishi lozim. 
O’quvchilar stollarini joylashtirayotganda umumiy gigienik talablarga 
amal qilish lozim. Stol va stullarni uch qator qilib joylashtirgan ma’qul. 
Ular sinf taxtasidan 2 m uzoqlikda joylashishi zarur. Deraza va stollar 
hamda stullar qatori oralig’idagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi lozim. 
Oxirgi qatoragi stullar bilan shkaflar orasida o’tish uchum masofa 
bo’lmog’i lozim. O’quvchilar stollarda bo’yiga qarab o’tirishi lozim. 
Geografiya xonasida o’qituvchini ish joyi.
O’qituvchi odatda o’rta 
qatorni boshida joylashadi. Uning ish joyi o’quv vositalarini namoyish 
qiladigan joy hisoblanadi. O’qituvchi o’tirgan joydan sinfni hamma tomoni 
va sinfdagi barcha o’quvchilar ko’rinib turishi lozim. O’qituvchini ish joyi 
quyidagi talablarga javob bermog’i lozim: 
1. Sinfni barcha tomoni hamda barcha o’quvchilar o’qituvchi 
nazoratidan chetda qolmasligi lozim. 
2. O’qituvchini stoli yonida o’quv vositalarini namoish qiladigan yoki 
ulardan foydalaniladigan moslamalar bo’lmog’i lozim. 
3. Geografiya darslarida ko’p hollarda asosiy o’quv vositasi sifatida 
kartadan foydalanilganligi uchun kartografik vositalarni namoish 
qiladigan moslamalar bo’lishi e’tibordan qochmasligi lozim. 
O’quv vositalarini namoyish qiladigan stolni balandligi 90 sm dan 
oshmasligi lozim, uning yuzasi esa 120x75 bo’lishi zarur. Namoyish stolida 
proektsion apparatlarni, deraza pardalarini, kartalarni tushuntirib va 


ko’taradigan boshqaruv pultini joylashtirish mumkin. Namoyish stoli bilan 
birga o’qituvchi stoli ham bo’lmog’i lozim. Unda o’qituvchini kitoblari, 
daftarlari, darsga oid materiallar va sinf jurnali joylashadi. Mazkur joyda 
o’qituvchi o’tirib ishlaydi. Stolning baladligi 75 sm, yuzasi 75x76 sm 
bo’lmog’i lozim. 
Geografiya xonasidagi sinf taxtasi o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan 
turli o’quv maqsadlarda foydalaniladi, ularni quyidagi guruhlarga 
bo’lishimiz mumkin: 
- yozish uchun; 
- chizish uchun; 
- chizmalarni, diagrammalarni, xomaki kartalarni chizish uchun; 
- jadvallarni, rasmlarni joylashtirish uchun; 
- ekranli qo’llanmalarni namoishi uchun; 
- o’qituvchi tomonidan topshiriqlar yozish; 
- o’qituvchi tomonidan dars mavzusi rejasini yozish uchun. 
Sinf taxtalarining o’lchamlari quyidagicha bo’lmog’i lozim: 180x1105 
sm. Jadvallar va rasmlarni saqlash uchun yasalgan sandiqlarni 
o’qituvchiga yaqin joylashtirilgani maqul. 
Geografiya xonasida o’quv vositalarini joylash o’quv dasturi bo’limlari 
va sinflar bo’yicha bo’lishi lozim. Buning uchun bo’limli shkaflardan 
foydalaniladi. Mazkur shkaflar olinadigan va qo’yiladigan tokchalardan 
iborat bo’ladi. Bundan tashqari priborlarni saqlash uchun xam sandiqlar 
bo’lishi lozim. Shkaflarda kitoblar, jurnallar, audio, video qo’llanmalar 
saqlanadi. 
Geografiya o’qitishni texnika vositalarini saqlash va ulardan foydala-
nish uchun moslamalar bo’lmog’i lozim. Masalan, diaproektorlar, kino-
proektorlar, grofoproektorlar (plyonkalar bilan ishlash uchun). 
Geografiya xonasida turli xil yo’nalishdagi kartotekalar albatta 
bo’lmog’i lozim. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 
- o’qituvchilarni darsga tayyorgarlik kartotekasi. Unda dars mavzusi, 
mazmuni, o’qitish metodlari va usullari, vositalari, dars rejasi yozilgan 
bo’ladi; 
- o’quv jihozlari kartotekasi; 
- mavzular bo’yicha masala va mashqlar kartotekasi; 
- yozma ishlar kartotekasi; 
- mavzuli kartotekalar; 
- qo’shimcha adabiyotlar kartotekasi; 


- jurnallar va gazetalar kartotekasi; 
- davlatlar kartotekasi va h.k. 
Ma’lum bir mavzuga muammolar tayyorlash jarayonida turli xil 
ko’rgazmali qurollardan uyg’unlashgan holda foydalanishni ko’zda tutilsa 
maqsadga muofiq bo’ladi. Matnli ma’lumotlar rasmlar, chizmalar va 
diagrammalar bilan boyitilgan bo’lmog’i lozim. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin