ko’taradigan boshqaruv pultini joylashtirish mumkin. Namoyish stoli bilan
birga o’qituvchi stoli ham bo’lmog’i lozim. Unda o’qituvchini kitoblari,
daftarlari, darsga oid materiallar va sinf jurnali joylashadi.
Mazkur joyda
o’qituvchi o’tirib ishlaydi. Stolning baladligi 75 sm, yuzasi 75x76 sm
bo’lmog’i lozim.
Geografiya xonasidagi sinf taxtasi o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan
turli o’quv maqsadlarda foydalaniladi, ularni quyidagi guruhlarga
bo’lishimiz mumkin:
- yozish uchun;
- chizish uchun;
- chizmalarni, diagrammalarni, xomaki kartalarni chizish uchun;
- jadvallarni, rasmlarni joylashtirish uchun;
- ekranli qo’llanmalarni namoishi uchun;
- o’qituvchi tomonidan topshiriqlar yozish;
- o’qituvchi tomonidan dars mavzusi rejasini yozish uchun.
Sinf taxtalarining o’lchamlari quyidagicha bo’lmog’i lozim: 180x1105
sm. Jadvallar va rasmlarni saqlash
uchun yasalgan sandiqlarni
o’qituvchiga yaqin joylashtirilgani maqul.
Geografiya xonasida o’quv vositalarini joylash o’quv dasturi bo’limlari
va sinflar bo’yicha bo’lishi lozim. Buning uchun bo’limli shkaflardan
foydalaniladi. Mazkur shkaflar olinadigan va qo’yiladigan tokchalardan
iborat bo’ladi. Bundan tashqari priborlarni
saqlash uchun xam sandiqlar
bo’lishi lozim. Shkaflarda kitoblar, jurnallar, audio, video qo’llanmalar
saqlanadi.
Geografiya o’qitishni texnika vositalarini
saqlash va ulardan foydala-
nish uchun moslamalar bo’lmog’i lozim. Masalan, diaproektorlar, kino-
proektorlar, grofoproektorlar (plyonkalar bilan ishlash uchun).
Geografiya xonasida turli xil yo’nalishdagi kartotekalar albatta
bo’lmog’i lozim. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin:
- o’qituvchilarni darsga tayyorgarlik kartotekasi.
Unda dars mavzusi,
mazmuni, o’qitish metodlari va usullari, vositalari,
dars rejasi yozilgan
bo’ladi;
- o’quv jihozlari kartotekasi;
- mavzular bo’yicha masala va mashqlar kartotekasi;
- yozma ishlar kartotekasi;
- mavzuli kartotekalar;
- qo’shimcha adabiyotlar kartotekasi;
- jurnallar va gazetalar kartotekasi;
- davlatlar kartotekasi va h.k.
Ma’lum bir mavzuga muammolar tayyorlash jarayonida turli xil
ko’rgazmali qurollardan uyg’unlashgan holda foydalanishni ko’zda tutilsa
maqsadga muofiq bo’ladi. Matnli ma’lumotlar rasmlar, chizmalar va
diagrammalar bilan boyitilgan bo’lmog’i lozim.
Dostları ilə paylaş: