O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI CHUST TUMAN XTBga QARASHLI 10-UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI ONA TILI VA ADABIYOT FANI O`QITUVCHISI RAHIMJONOVA MA’RIFATNING ONA TILI FANIDAN 8-SINFLAR UCHUN TAYYORLAGAN
CHUST SHAHRI Mazkur dars ishlanam umumiy o`rta ta’lim maktablarida ona tili fanidan dars berayotgan o`qituvchilar uchun mo`ljallagan bo`lib, undan dars jarayonida ijobiy foydalanish mumkin.
Muallif: M.Rahimjonova Chust tumanidagi
10-maktabning ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi
DARS MAVZUSI: TENG BOG’LANISH VA TOBE BOG’LANISH. Darsning maqsadi: -o’quvchilar ongida teng bog’lanish va tobe bog’lanish haqida bilim va ko’nikma xosil qilish.
-o’quvchilarni o’zaro hamjixat bo’lib ishlashga o’rgatish.
-o’quvchilarda qiyoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: noan’anaviy
Darsning usuli: o’yin, og’zaki bayon, ,,Muammoli ta’lim’’ usuli, ,,Venn’’ usuli
Darsning jihozi: darslik, mavzuga oid ko’rgazma, tarqatma materiallar.
Darsning borishi: I. Darsni tashkil etish: Salomlashiladi, davomat aniqlanadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
O’quvchilar hukmiga dars sahifalari e’lon qilinadi.
Dars sahifalari: ,,Ta’rifidan top’’ o’yini.
3 guruhga ,,Moslashuv’’, ,,Boshqaruv’’, ,,Bitishuv’’ deya nom beramiz. Hamda guruhlardagi o’quvchilar bilimini baholab borishda kuz ramzi bo’lgan oltin barglardan foydalanamiz.Bunda guruh o’quvchilari ko’proq barg to’plashi zarur. Qaysi guruh ko’proq barg to’plasa g’olib deb topiladi.
II O’tilgan mavzularni qanday o’zlashtirganliklarini sinash maqsadida ,,Ta’rifidan top’’ o’yinini o’tkazamiz. Sinfimizda ijodiy fikrlashi yaxshi, shoirtabiat o`quvchilarga bersak, ular faninimizga oid she’riy yo’lda topishmoq aytishsa, sizlar topasizlar.