Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
8.3.2.Qisman izlanuvchan metod. 
Qisman izlanuvchan metodning asosiy maksadi o’quvchilarda ijodiy 
ko’nikmalarni hosil qilishdir. O’quvchilarni ijodiy ishga qiziqtirish va 
o’rgatish muammoli yoki ijodiy vazifalarni ishlab chiqish va ularni dars 
jarayonida o’quvchilar tomonidan yechishi orqali amalga oshiriladi. 
Mazkur vazifalarni yechish usullari o’quvchilarga oldindan ma’lum 


qilinmog’i lozim. Mazkur metodni qo’llaganda o’qituvchining faoliyati 
quyidagilardan iborat bo’ladi; 
-o’qituvchi vazifani ishlab chiqadi va uni o’quvchilarga e’lon qiladi; 
-so’ngra o’qituvchi vazifani alohida qismlarga bo’lib yuboradi yoki 
alohida savollar tuziladi; 
O’quvchilar mazkur vazifani yechish davomida kuyidagi faoliyatni 
amalga oshiradi; 
-vazifani to’la va har tomonlama tushunish; 
-belgilangan tartibda ma’lum bir qismlarga bo’lingan vazifani 
yechishadi. Bunda ular qisman izlanuvchanlikni amalga oshiradi. 
Izlanuvchanlik ishlari o’kituvchi raxbarligida va uni nazoratida amalga 
oshiriladi. 
O’qituvchi materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida. 
Shimoliy Amerikaning tabiat zonalari mavzusini o’rganishda o’quvchilar 
ga quyidagi savollar berish mumkin: «Qadimgi muzliklar Shimoliy 
Amerika tuproqlariga qanday ta’sir qilganini tushuntirib bering». 
O’quvchilar mazkur savollarga birdaniga javob bera olishmaydi, shuning 
uchun o’qituvchi uni ayrim qismlarga quyidagicha bo’lib chiqadi: 
-muzlar Shimoliy Amerika materigida qanday ishlarni amalga 
oshirgan?; 
-SHimoliy Amerikaning qaysi qismida tuproqlar yosh, shimoldami 
yoki janubdami?; 
-qanday tuproqning qalinligi katta bo’ladi, qadimgilarnimi yoki 
yoshrog’ni?; 
-nima sababdan Kanada to’plam Orolidagi tuproqlar yupqa va toshli? 
Mazkur savollarga o’quvchilar javob berib bo’lishgandan so’ng 
o’qituvchi dastlab bergan savolini qaytaradi «Qadimgi muzliklar Shimoliy 
Amerika tuproqlariga qanday ta’sir etgan», o’quvchilar endi mazkur 
savolga to’liq javob berishadi. Mazkur metodni qo’llaganda evristik 
suxbatdan foydalanish katta samara beradi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin