So’z boshi



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə1/27
tarix07.01.2024
ölçüsü1,84 Mb.
#201218
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Yunon rum kurashi uslubiy qo\'llanma


SO’Z BOSHI
Jismoniy tarbiya va sport hamda sportning barcha turlari insonning sog’ligini saqlash va mustahkamlash uchun muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Insonni tarbiyalash, uning jismoniy sifatlarini rivojlantirish, salomatligini mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish, sportchilarda zarur bo’lgan ruhiy muhitni yaratishning ko’p qirrali jarayonida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati yuqoridir. Sog’lom insonlarni tarbiyalashda yordam beradigan sport kurashining har xil turlari jismoniy tarbiya tizimida muhim o'rin egallaydi. Shu jumladan yunon-rum kurashi ham jismoniy tarbiya tizimida o’z o’miga ega.
Mazkur ish yunon-rum kurashi nazariyasi va usuliyati bo’yicha o ’quv qo’llanma bo’lib, u jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning amaldagi o ’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. O’quv qo’llanma asosan yunon-rum kurashi bo’yicha ixtisoslashgan jismoniy tarbiya instituti va fakultetlaridagi talabalar uchun mo’ljallangan. Shu bilan birga u malaka oshirish fakultetlari tinglovchilari, magistratura talabalari, shuningdek, murabbiylar uchim foydali bo’lishi mumkin. O’quv qolIanma turii toifadagi yunon-rum kurashchilarni sport trenirovkasining zamonaviy nazariy va usuliy asoslarini o’quvchi uchun tushunarli shaklda berilgan.
O’quv qo’llanma O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti milliy va xalqaro kurash turlari kafedrasining ko’p yillik ishini tahlil qilish hamda umumlashtirish, Vatanimiz va xorijiy trenerlarning ish tajribasi, sport trenirovkasining eng muhim muammolari bo’yicha ma’lumotlarni o’rganish hamda umumlashtirish asosida yozilgan. O’quv qo’llanmani tayyorlashda muallif jismoniy tarbiya va sport trenirovkasi sohasidagi yetakchi mutaxassislar -- А.Л. Novikov, Yu.V. Verxoshanskiy. V.M. Dyachkov, М.А. Godik, D.D. Donskoy, V.M. Zatsiorskiy, M.Ya. Nabamikova, L.P. Matveyev, N.G. Ozolin, V.A. Platonov, V.P. Filin, A.V. Rodionov, sport kurashi mutaxassislari - I.I. Alixanov, R.A. Piloyan, R.Petrov, А.Т. Lens, V.M. Igumenov. В.М. Ribalko, Ye.M. Chumakov, Ғ.А. Kerimov, А.Р. Kupsov, X.Tunnemman, G.S. Tuma-nyan, V.V. Shiyan, О.Р. Yushkov, Ch.T. Ivankov ishlariga tayangan.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin