Usullar— bu maqsadga yo’naltirilgan hujum harakatlari bo’lib, ular yordamida
kurashchi raqibidan ustunlikka erishadi. Har bir usul ikki qismdan iborat. Birinchi qism — usul qo’llash uchun ushlab olish. Ushlab olishlar yuqoridan, pastdan, orqadan, oldindart yon tomondan va boshqalarga ushlab olishlarga bo’linadi. Ushlash usulni muvaffaqiyatli bajarishda katta ahamiyatga ega. Butun usullarni bajarish sifati ushlab olishning .qay darajada oqilona amalga oshirilganligiga bogTiq. Ikkinchi qismda turli xildagi harakatlar: turishda - o’tkazishlar. tashlashlar, ag’darishlar; panerda - o’girishlar va parterda
tashlashlar bo’lishi muinkin.
Yunon-rum kurashida erkin kurash, sambo. dzyudo va kurashdagidek usullarni amalga oshirish paytida bir vaqtning o’zida oyoqlar bilan turli harakatlar ham bajarishi. ya’ni bular
- chalishlar, qoqishlaii ilishlar. oldindan ilib otishlar, chirmashishlar. oruadan ilib otishlar mumkin emas.
Bir xildagi ushlash bilan bir qator harakatlarni bajarish mumkin va, aksincha. bir xil
harakatning o’zi turli ushlashlar bilan bajarilishi mumkin. Masalan, qo’ldan va gavdadan ushlab tashlashni. zarba bilan adarishni amalga oshirish muinkin. Lekin raqibni egilib, qo’l, gavda. qo’l va bo’yindan ushlab tashlash ham murnkin.
Kurashchi har qanday usulni hujum va qarshi hujurn uchun qo’llashi mumkin. Usul
yoki uning bir qismini aldamchi harakat sifatida qoMlab, kurashchi huqiqiy niyatidan raqib diqqatini chalitish va boshqa usul bilan hujumni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni tayyorlashi mumkin.
Qarshiusullar- bu raqib hujumiga javob tariqasida bajariladigan maqsadli harakatlar
bo’lib. ular yordamida kurashchi raqibi ustidan ustunlikka erishadi.
Qarshi usuDar murakkab texnik harakatlarga kiradi. Qarshi hujum uyushtirayotgan kupashchi bir zumdato’g’ri qaror chiqarishi va raqibi usulni amalga oshirishga ulgurmasligi uchun o’z harakaiiarini hujum qilayotgan raqib harakatlari bilan aniq inoslashtirishi lozim.
Himoyalamshlar -bu raqibning usullami (qarshi usullarni) bajarishiga to’sqinlik qiluvchi maqsadli harakatlardir.
Himoyalanishlar dastlabki va bevosita himoyalanishlarga ajratiladi. Dastlabki himoyalanish oldindan, ya'ni raqib usulni amalga oshirishdan avval bajariladi.
Bevosita himoyalanish raqib hujumini to’xtatishga qaratilgan. Bunday himoyalanish samaradorligi uning o’z vaqtida bajarilishiga boliq. Bevosita himoyalanish usul boshida, usulni bajarish davomida voki usulni bajarish oxirida amalga oshirilishi mutukin.
Hamma texnik harakatlar kurashchilar tomonidan turli holatlardan turib bajariladi.
Asosiy holatlar quyidagilar: tik turish, parter va ko’prik.
Tik turish -bu kurashchining holati bo’lib, unda u oyoqlarda tik turadi. 0 ’ng, chap va yalpi tik turishlar ajratiladi. Ularning har biri, o’z navbatida, baland, o’rta va past bo’lishi mumkin. Tik turishda kurashisb yaqin, o’rta va uzoq masoialarda olib borilishi mumkin.
Parter - bu kurashchinmg dastlabki holati bo’iib, u tizzalarida tiiradi. Bunda tekis yozilgan qo'llarning kaftlari bilan gilamga tayanib turiladi, qoMlar tizzalardan 20-25 smuzoqlikdajovlasliadi. Parterda baland holat va past holat farqlanadi. Baland holat - bu kurashchining parterdagi dastlabki holati, past holat esa - bu kuiashchining tizzalarda turib, bilaklar bilan gilamga tayanish holatidir.
Parterda kurashish paytida kurashchilardan biri pastda, ikkinchisi yuqortda bo’ladi. Parterda yuqoridagi holatda turgan kurashchi kurash boshJanishidan oldin istagan dastlabki holatni egallashi mumkin. Faqatgina qo’l kaftlari pastdagi kurashchining yelkasida turishi lozim.
Ko’prik- bu kurashchining shunday holati bo’lib. bunda u. orqaga egilib, oyoq kaftlari (ular taxminan yelka kengligida yozilgan) va bosh (istagan qismi) bilan gilamga tayanadi.
Kurashchi ushbu holatga kuragini gilamga tekkizmaslik uchun o’tadi.
Yunon-rum kurashida ko’prik bir holatda qator hujum hamda qarshi hujum harakatlarini bajarishda asosiy elementlardan biri hisoblanadi.