KIRISH 3
I BOB. BALANDLIKDAGI SOVUQ VA MO‘TADIL IQLIM MINTAQALAANISHI 7
1.1. Arktika iqlim mintaqasi va tabiat zonalari. (Arktika sahrolari tabiat zonalari.) 7
1.2. Mo’tadil iqlim mintaqasi va tabiat zonalari. (Tayga,Aralash va keng bargli o’rmonlar tabiat zonasi.) 14
II BOB. BALANDLIK MINTAQALANISHI VA UNING O’ZIGA XOS IQLIM MINTAQALANISHI 18
2.1. Kordilyera va Appalachi tog’lari tabiati. 18
2.2. Iqlimining o’ziga xos xususiyatlari. 21
XULOSA 30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 32
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.Shavkat.Mirziyoyev. Ma‘lumki Shimoliy Amerika materigi qadimgi Lavraziya materigining bir qismidir.Uning Asosiy Xususiyatlari haqida gaplashadigan bo‘lsak, unda dunyodagi eng katta orol (Grenlandiya,2.2 mln kv km),eng katta arxipelag shu materikda (Kanada arktikasi),eng chuqur darasi (Kalorado kanyoni 2 km ,uzunligi 416 km),Eng uzun g‘ori (Flint mamot ,500 km),Eng go‘zal va maftunkor sharsharasi (Niagara,bir yilda 10 mln sayyoh tashrif buyuradi),eng baland suv qalqishi bo‘ladi (Fandi qo‘ltig‘i 16 metr),eng uzun vodiy muzligi bor.(Alyaskada,145 km). Shimoliy Amerika qirgʻoqlarini uch okean: Atlantika, Shimoliy Muz okeani va Tinch okean suvlari yuvib turadi. Dengizlar materikning sharqiy va shimoliy sohillarini ancha parchalab yuborgan, gʻarbiy sohillarini esa ancha kam oʻyib kirgan.Atlantika okeani Shimoliy Amerika qirgʻoqlari yaqinida quruqlik ichkarisiga ancha uzoq kirib boruvchi dengiz va qoʻltiqlar hosil qilgan. San Lavrentiy va Gudzon qoʻltiqlari deyarli butunlay materik sayozligida joylashgan. Florida yarim oroli bilan Nyufaundlend oroli orasida kontinental platforma nisbatan yaqinda suv tagiga choʻkib ketgan boʻlib, uning yuzasida materik relefining birmuncha yangi izlari bor: bular-chuqur daryo vodiylari, dyuna doʻngliklari saqlanib qolgan joylar va boshqalardir.Shimoliy Amerikaning janubi-sharqiy qirgʻoqlari yaqinida ikkita chuqur suv havzasi meksika qoʻltigʻi va Karib dengizi ajralib turadi.Florida, Yukatan yarim orollari va orollar orqali okeandan ajralib turivchi Meksika qoʻltigʻi mezozoyda vujudga kelgan choʻkmadan iborat boʻlib, markaziy qismlarining chuqurligi 4000 metrdan ortadi.Okeandan Antil orollari orqali ajralib turuvchi Karib dengizi neogenda vujudga kelgan. Meksika qoʻltigʻidan keluvchi oqim Kubani aylanib oʻtib, Golfstrim nomi bilan Florida boʻgʻozidan oqib chiqadi va okeanda 30° sh. k. bilan 79° gʻ. u. yaqinida Antil oqimiga kelib qoʻshiladi.Golfstrim materik sayozligining chekkasi boʻylab taxminan 36° parallelgacha boʻlgan joydan oʻtadi. Materikning yonginasida unga qarama-qarshi tomondan sovuq oqim harakat qiladi. Bu oqimning suvlari qishda Golfstrim suvlaridan 5-8°C sovuq boʻlib, oʻziga xos «sovuq devor» hosil qiladi. Golfstrim Xatteras burni yonida Yerning aylanishi taʼsirida sharqqa burilib, Nyufaundlend sayozligining sharqiy chekkasini aylanib oʻtadi va Shimoliy Atlantika oqimi nomi bilan Yevropa qirgʻoqlariga tomon ketadi.Florida boʻgʻozidan chiqaverishda Golfstrimning kengligi 75 km ga, chuqurligi-700 m ga, oqish tezligi esa-soatiga 6-10 km ga yetadi.Suvning yuzadagi oʻrtacha yillik temperaturasi +2°C Xatteras burni yaqinida Golfstrimning kengligi uch baravar ortadi, suv sarfi esa 82 mln. m3/sek, ga yetadi, yaʼni yer sharidagi barcha daryolar suv sarfidan 60 baravar ortadi. Endi bevosita Shimoliy Amerika iqlimi va tabiat zonalari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak avvalo undagi iqlim mintaqalari haqida so‘z yuritamiz jumladan materikda quyidagi iqlim mintaqalari mavjud.Akrtika iqlim mintaqasi,Subarktika iqlim mintaqasi,Mo‘tadil iqlim mintaqasi,subtropik iqlim mintaqasi,tropik iqlim mintaqasi va subekvatorial iqlim mintaqalari mavjuddir.Bu mintaqalar,shimoldan,janubga,qarab o‘zgarib keladi va o‘z navbatida harorat,yog‘in va boshqa komponentlar ham o‘zgarib turadi.Iqlim mintaqalari haqida to‘liq va batafsil ma’lumotlarni quyida yoritamiz.Har bir iqlim mintaqasining o‘ziga xos va mos o‘simlik dunyosi,hayonot dunyosi kabi bir biridan farq qiladigan tabiat zonalari mavjud bo‘ladi.Shimoliy Amerika materigida quyidagi tabiat zonalari mavjud. Jumladan: Arktika iqlim mintaqasida faqat bitta tabiat zonasi qor va muz sahrolari mavjud u o‘z nomiga monant faqat abadiy qorlar va muzloqlardan iborat o‘simlik va hayvonotga eng kambag‘al tabiat zonasi hisoblanadi.Subarktika iqlim mintaqasida tundra va o‘rmon tundra tabiat zonasi mavjud flora va faunaga nibatan boyroq bo‘lgan tabiat zonasi hisoblanadi. Mo‘tadil iqlim mintaqasidan tabiat zonasi bir muncha ko‘proqdir jumladan:Tayga tabiat zonasi,Aralash va keng bargli o‘rmonlar tabiat zonasi, keng tarqalgandir.Subtropik iqlim mintaqasida quyidagi tabiat zonalari mavjud:Chalacho‘l va cho‘llar,O‘rmon va o‘rmon dasht tabiat zonalari tarqalgan.Tropik iqlim mintaqasida quyidagi tabiat zonalari tarqalgan:Savvanna va siyrak o‘rmonlar, tabiat zonalari keng tarqalgan, va subekvatorial iqlim mintaqasida esa faqat Fasliy sernam o‘rmonlar zonasi tarqalgandir.Quyida mintaqalar bilan birma bir tanishib chiqamiz va iqlimning o’ziga xos xususiyatlariga to’xtalamiz.Ya’ni har bir mintaqaning tabiati,landshafti,o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqalar bilan tanishib chiqamiz.Bundan tashqari shimoliy amerika materigining balandlik mintaqalanishi haqida ham so’z boradi.Jumladan ikkita yirik tog’lik Kordilyera va Appalachi tog’ligi haqida to’liqroq ma’lumot beriladi. Umuman olib aytganda bu kurs ishida materikaning iqlim mintaqalari,tabiat zonalari,va iqlimining o’ziga xos sususiyatlari haqida batafsil ma’lumot beramiz.