Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Geografik atlaslar va ularning turlari



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Geografik atlaslar va ularning turlari 
Atlaslar-
to’la va aniq ma’lumotga ega bo’lgan, yagona dastur asosida 
tuzilgan, tartibga solingan kartalar to’plamidir. 
«Atlas» atamasi Flamand kartashunosi Merkator tomonidan kiritilgan. 
U o’zi tuzgan kartalar to’plamini (1595 yili) Liviyaning afsonaviy qiroli 
Atlas nomi bilan ataydi. Kartalar to’plami birinchi marta II-asrda Klavdiy 
Ptolomiy tomonidan tuzilgan. Atlaslar egallagan maydonga qarab, 
Sayyoralar, dunyo, materiklar, okeanlar, o’lkalar, davlatlar, viloyatlar 
atlaslariga bo’linadi. Mazmuniga qarab umumgeografik va mavzuli 
atlaslarga bo’linadi. Vazifasiga ko’ra ilmiy, ma’lumotli, ommabop 
(o’lkashunoslik), o’quv, sayoh va yo’l atlaslariga bo’linadi. 
 
Globuslar va ularning turlari 
Globus
(lotincha globus – dumoloq) Yerning kichraytirilgan nusxasi
unda Yer yuzasi, mareriklar va okeanlar, tog’lar va tekisliklar shakli 
xatosiz aniq va to’g’ri tasvirlanadi. Birinchi marta globus Beruniy 
tomonidan X asrda, Bexaym tomonidan XV asrda yasalgan. 
Globuslar miqiyosiga ko’ra mayda (1:30000000) va yirik globuslarga 
bo’linadi. 
O’quv va boshqa maqsadlar uchun yirik globuslar yasaladi.
 
7.2.Maktab geografik kartalarining turlari. 
Maktab geografik kartalarining boshqa kartalardan farqi ularni 
o’quvchilarni yoshi va rivojlanishiga moslab chiqarilishidir. Boshlang’ich 
sinf o’quvchilari uchun oddiyroq, tushunishi va o’qishi oson bo’lgan 
kartalar chiqariladi, yuqori sinflar uchun esa murakkabroq kartalar nashr 
qilinadi. 
Umumta’lim maktablarida qo’llaniladigan kartalarni quyidagi 
guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 
-devoriy kartalar; 
-darsliklar ichidagi kartalar; 
-atlaslar; 
-globuslar; 
-chiziqli kartalar. 
Mazmuniga ko’ra devoriy maktab kartalari juda xilma xil bo’ladi: 
tabiiy; iqlimiy; tuproq, o’simlik; zoogeografik; geologik; foydali qazilmalar; 


iqtisodiy, siyosiy, sanoat; qishloq xo’jaligi, transport va x.k. Ular turlicha 
bo’lgani bilan, umumiy o’xshashlikka ham ega. Ularning barchasi sinfda 
foydalaniladi, o’quvchilarning uzoqdan ko’rishiga moslashga bo’ladi, ya’ni 
masshtabi katta bo’ladi. Mazkur kartalar yordamida o’quvchilar bilimlarni 
o’rganishida amaliy va mustaqil ish bajarishadi va ma’lum bir savollarga 
javob berishadi.. 
SHuning uchun ular yaxshi ko’rinishga va katta aniqlikka ega bo’lgan 
o’lchamda bo’lishi lozim. 
Kartalarning turiga ko’ra ularning o’lchamlari turlicha bo’ladi. Dunyo 
kartalari, alohida materiklarning kartalari hozirgi vaqtda 1,5x1,8m 
o’lchamda chiqarilmoqda. O’zbekiston va O’rta Osiyo kartalari ham 
deyarli mazkur o’lchamda chiqarilmoqda. 
Kartalar aniq va ravshan ko’rinib turishi lozim. Ulardagi geografik 
voqea va borliqni o’quvchilar 5-6 m dan aniq ko’ra bilishlari lozim. Buning 
uchun kartada eng muhim narsalar aks ettiriladi. Masalan, daryo 
tasvirlanayotganida uning asosiy qismi va eng yirik irmoqlari ko’rsatiladi, 
mayda irmoqlari esa ko’rsatilmaydi. Karta ravshan ko’rinib turishi uchun 
ranglar yaxshi tanlanishi lozim. Ranglar bir- biridan keskin ajralib turishi 
lozim. Devoriy kartalarga qo’yiladigan yana bitta talab chiroyli bo’lishidir. 
Agar karta chiroyli va aniq qilib ishlangan bo’lsa o’quvchilar ularni oson 
o’qishadi va tushunishadi. 
Maktab kartalarida relef asosan turli qalinlikda rang berish bilan 
amalga oshiriladi. Past tekisliklar to’q yashil, tekisliklar esa och yashil, 
balandliklar och jigarrang, o’rtacha tog’lar jigarrang, baland tog’lar esa to’q 
jigarrangda beriladi. 
Karta geografik nomlar bilan to’lib qolmasligi kerak. Unda faqat 
o’quvchilarni yoshi va bilimi darajasiga mos bo’lgan yozuvlar bo’lmog’i 
lozim. Boshlang’ich sinf kartalarida geografik nomlar kamroq va yirikroq 
yozilishi, o’rta va yuqori sinflarda ularning soni ko’payib va o’lchamlari 
maydalashib borishi mumkin. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin