73
lozim. Likvidator, ekspertlar va tugatish jarayonida band bo‘lgan boshqa
shaxslar faoliyatiga haq to‘lash shartlari likvidator tomonidan
qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan tugatish rejasida
qayd etiladi.
1990-yillarning oxiri 2000-yillarning boshida respublikamizda tijorat
banklarining soni 40 tadan oshgan. Lekin Markaziy bank tomonidan
belgilangan talablarga javob bermaslik holatlari natijasida bir necha
banklarning litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olindi. Bu
banklar butunlay yopildi. Meva Sabzavot bank, Avtodorbank, Avia
banklar boshqa
banklar tomonidan qo‘shib olindi, jumladan, Avia
bank
Kapital bankka, Avtodorbank Asaka bankka qo‘shib olindi.
Yopilgan banklarga Nur-Anvar bank, Karvon bank, Parvina bank, Alp-
Jamol banklarni kiritish mumkin. Oxirgi 3 yil davomida yana 4 ta
bank yopildi, bular: O‘ktam bank, Samarqand bank, Kredit-standart bank
va Amir bank. Amir bankning litsenziyasi 2014-yilning iyun oyi boshida
chaqirib olindi. Bu banklar litsenziyasining chaqirib olinishi O‘zbekiston
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati” to‘g‘risidagi qonunining
14-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risida”gi qonunining 53-moddasiga binoan amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: