68
sabablarini aks ettiradi. Shuni ta’kidlash joizki, ko‘pchilik qo‘shilish
va yutilish holatlarining asosiy maqsadlaridan biri bu birlashgan
banklarning kapitallashgan bahosini oshirish hisoblanadi.
Yutilish holatida yutayotgan bank moddiy va nomoddiy aktivlarga
ega bo‘ladi, shuningdek bankning tashkiliy strukturasini ham egallab
oladi. Moliya nazariyasi nuqtayi nazaridan qaraganda qo‘shilish va
yutilish holatlari bu oddiy investitsion qaror hisoblanadi va unda biror
bir bank boshqa bankning jami aktivlariga ega bo‘lish evaziga ma’lum
bir summani to‘laydi (yoki bankrot bankni olayotgan holatda uning
zarari va majburiyatlarini o‘z bo‘yniga oladi). Demak, qo‘shilish ham
boshqa investitsion qarorlar kabi bankning sof joriy qiymatini
oshirishga qaratilgan holatdagina amalga oshirilishi zarur.
Endi banklarni tugatish tartibini o‘rganib chiqamiz. Bank ixtiyoriy
yoki majburiy ravishda tugatilishi mumkin. Bunda Markaziy bank
tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan
litsenziya chaqirib olinadi.
Dostları ilə paylaş: