Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


Chet el kapitali ishtirokidagi bank va chet el bankining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

Chet el kapitali ishtirokidagi bank va chet el bankining 
sho‘ba bankini tashkil etishga qo‘shimcha talablar. 
Faqat moliyaviy ahvoli mustahkam va obro‘ga ega bo‘lgan 
norezident banklarga O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z sho‘ba 
banklarini ochishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda, qisqa muddatli 
majburiyatlari IVSA, Moody's yoki Standart and Poor's tasniflari 
bo‘yicha A1 (yoki A+)dan past bo‘lmagan reytingga ega bo‘lgan 
norezident banklar ustunlikka egadirlar. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z sho‘ba bankini ochish yoki 
bank ustav kapitalida ishtirok etish istagini bildirgan norezident 
bankning ustav kapitali 500 mln. evro ekvivalentiga teng summadan 
kam bo‘lmasligi kerak. 
Norezident jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek, 
ellik foizdan ortiq aksiyalari (ishtirokchilar badallari) norezident 
jismoniy va/yoki yuridik shaxslarning egaligida, foydalanuvida yoki 
tasarrufida bo‘lgan rezident yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasida tashkil etilgan banklarning aksiyalarini sotib olish, 
ularga egalik huquqini berish va shu kabi boshqa munosabatlar 
bo‘yicha kelishuvlar faqat Markaziy bankning oldindan ruxsati 
olinganidan so‘ng amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida norezident banklarning 


55 
filiallarini tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Chet el kapitali ishtirokidagi banklar va chet el bankining sho‘ba 
banklarida – bosh buxgalter, boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimlariga, 
boshqaruv raisi o‘rinbosarlari bir kishidan ko‘p bo‘lgan banklarda
esa – birinchi o‘rinbosar lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolari tayinlanadi. 
Chet el kapitali ishtirokidagi banklarda bank kengashi a’zolarining 
hech bo‘lmaganda bittasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi 
lozim, chel bankining sho‘‘ba banklari bundan mustasno. 
Ro‘yxatga olingan bankning yuridik yig‘ma jildida quyidagi 
hujjatlar bo‘ladi: 
a)
bank ustavi. Uning titul varag‘ida bank ro‘yxatga olinganligi 
to‘g‘risida belgi qo‘yilib, Markaziy bank vakolatli mansabdor 
shaxsining imzosi va Markaziy bank muhri qo‘yiladi; 
b)
bank tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasi (asl nusxa 
bankda saqlanadi); 
v) ta’sis yig‘ilishi bayoni; 
g) bank kengashi raisi imzolagan ta’sischilar ro‘yxati; 
d)
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Hukumati 
qarori 
nusxasi 
(bankning muassisi davlat bo‘lsa); 
e)
muassis norezident shaxs tegishli organining O‘zbekiston 
Respublikasi hududida tashkil etilgan bank ustav kapitalida qatnashish 
yoki sho‘ba bank tashkil etish to‘g‘risidagi qarori; 
j) Markaziy bank boshqaruvining bankni davlat ro‘yxatiga olish va 
unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qarori; 
z) litsenziya (asl nusxa bankda, nusxalari Markaziy bank va uning 
tegishli hududiy Bosh boshqarmasi yig‘majildida saqlanadi); 
i) ro‘yxatga olish kartasi. 
Yuridik yig‘ma jild uch nusxada tayyorlanadi: 

bir nusxa yangi tashkil etilgan bank kengashi raisiga imzo 
chektirilgan holda topshiriladi; 

bir nusxa Markaziy bankda saqlanadi; 

bir nusxa Markaziy bankning yangi tashkil etilgan bank 
joylashgan hududdagi Bosh boshqarmasiga yuboriladi. 
Bank ro‘yxatga olingunga qadar bank nomidan bajarilgan bank 
operatsiyalari haqiqiy emas deb hisoblanadi. 
Bank ro‘yxatga olinganidan keyin o‘n kunlik muddatda o‘zi 


56 
joylashgan hududdagi davlat soliq organiga zarur hujjatlarni topshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yil 15- avgust-
dagi 703-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bankni ro‘yxatdan 
o‘tkazish va litsenziyalash tartibi»ning 77-bandiga ko‘ra, quyidagi 
holatda litsenziya berish va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
to‘g‘risidagi arizaning rad etilishiga asos bo‘la oladi: 
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror 
Markaziy bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab bir oy 
ichida qabul qilinadi. 
Quyidagilar bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berishni rad 
etish uchun asos bo‘ladi: 
a)
ta’sis shartnomasi va ustavning qonun hujjatlariga mos 
kelmasligi; 
b)
bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi; 
v) muassislar mablag‘lari manbalarining deklaratsiya qilinma-
ganligi (xususiy tijorat banklari ustav kapitalida ishtirok etayotgan 
rezident jismoniy shaxslardan tashqari); 
g) bank ro‘yxatga olinadigan vaqtgacha bank eng kam ustav 
kapitalining shakllantirilmaganligi; 
d)
mazkur Nizomning IX bo‘limi talablariga muvofiq bank 
binolari muhofazasining ta’minlanmaganligi hamda muhandis-texnik 
qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanmagani, dasturiy mahsulotlarning 
tayyor emasligi; 
e)
tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga 
nomuvofiqligi Bank tashkil etilganiga qadar, ya’ni u davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgunicha uning nomidan amalga oshirilgan bank 
operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi. 
Bank ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida 
soliq tortishni tashkil etish uchun moliya-soliq organiga zarur 
hujjatlarni taqdim qilish zarur. 
Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori 
va uning ahamiyati. Ustav fondini shakllantirish manbalari. 
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlarining pul 
mablag‘lari hisobidan tashkil topadi. 
Kreditga va garovga olingan hamda boshqa jalb etilgan 
mablag‘lardan bank ustav kapitalini shakllantirishda hamda bank 
aksiyalarini sotib olishda foydalanish taqiqlanadi. Mazkur talabga zid 


57 
holda ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar egalariga qaytarilishi va 
shu vaqtning o‘zidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka 
topshirilishi lozim. 
Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav 
kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanilishi 
mumkin. 
Tashkil etilayotgan bank kapitalining yetarlilik darajasini 
belgilashda quyidagilar asosiy omil hisoblanadi: 

Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng 
kam miqdori bo‘yicha talablarga muvofiqligi; 

bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy 
ko‘paytirib borishning rejalashtirilganligi; 

ko‘zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish 
istiqbollari; muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapital kirita 
olish qobiliyati. 
Bank ro‘yxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish 
uchun muassislar tomonidan Markaziy bankda yoki rezident 
banklarning birida vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘i ochiladi. 
Bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdori mazkur 
vaqtinchalik jamg‘arma hisobvaraqda muassislar tomonidan bankni 
ro‘yxatga olingunga qadar to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak. 
Ustav kapitalining eng kam miqdori quyidagi miqdorlarda 
belgilanadi: banklar uchun – 10 mln. yevro ekvivalentida; 
xususiy tijorat banklari uchun – 5 mln. yevro ekvivalentida. 
Yangi tashkil etilayotgan banklar uchun ustav kapitali eng kam 
miqdorining hisob-kitobi 
Markaziy 
bank 
tomonidan 
valyuta 
operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa 
hisobotlarni yuritish uchun e’lon qilingan yevro kursining muassislar 
tomonidan bank tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan (ta’sis 
yig‘ilishi o‘tkazilgan) kundagi kursidan kelib chiqqan holda milliy 
valyutada amalga oshiriladi. 
Bank ro‘yxatga olingandan keyin uning ustav kapitali miqdorida 
egasi yozilgan aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o‘rtasida 
joylashtiriladi. 
Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari 
va o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida 
quyidagi moddalar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak: 


58 
- bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) 
manzili; 
- bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati; 
- ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav 
kapitalidagi ulushlarining taqsimlanishi; 
- bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning 
vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar; 
- bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro 
standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturla-
rining maqsadlari ko‘rsatmalari. 
Bulardan tashqari bank ustavida boshqa qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. 
Qonunda ko‘rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag‘-
lardan va soliqqa jalb etilgan mablag‘lardan bankning ustav kapitalini 
shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan hollarda, 
qonunlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, byudjet mablag‘laridan foydalanishga 
ruxsat berish mumkin. 
Bank kapitalining eng kam miqdori bankni ro‘yxatga olgunga qa-
dar uning muassislari tomonidan to‘lanishi kerak. Bu to‘lanishi kerak 
bo‘lgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki 
boshqa banklarda ochiladigan jamg‘arma hisob varag‘iga o‘tkaziladi. 
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan 
Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qo‘yiladigan talablar 
to‘g‘risidagi nizomda (949-sonli, 2000-yil 25-iyul) ko‘rsatib berilgan. 
Bank ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish uchun bank 
aksiyadorlar yig‘ilishi yoki muassislarning qaroriga muvofiq 
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 
murojaat qilinadi va quyidagi hujjatlar: 
-
ustavga o‘zgarishlar kiritish haqida bank kengashi raisi 
imzolagan iltimosnoma; 
-
bank aksiyadorlarining ustaviga o‘zgarish va qo‘shimcha 
kiritish haqidagi majlisi bayoni (3- nusxada); 
-
bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o‘zgarish va 
qo‘shimchalar ro‘yxati (3 nusxada) taqdim etiladi. 
Mazkur 
o‘zgarishlar va qo‘shimchalar Markaziy bankda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi FKning 49-moddasiga ko‘ra, bank 


59 
muassasini, ya’ni yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib 
yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) uning 
muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil 
qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi 
mumkin. 
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlarining pul 
mablag‘lari hisobidan tashkil topadi. 
Kreditga va garovga olingan hamda boshqa jalb etilgan 
mablag‘lardan bank ustav kapitalini shakllantirishda hamda bank 
aksiyalarini sotib olishda foydalanish taqiqlanadi. Mazkur talabga zid 
holda ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar egalariga qaytarilishi va 
shu vaqtning o‘zidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka 
topshirilishi lozim. 
Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav 
kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanilishi 
mumkin. 
Tashkil etilayotgan bank kapitalining yetarlilik darajasini 
belgilashda quyidagilar asosiy omil hisoblanadi: 

Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng 
kam miqdori bo‘yicha talablarga muvofiqligi; 

bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy 
ko‘paytirib borishning rejalashtirilganligi; 

ko‘zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish 
istiqbollari; 

muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapital kirita olish 
qobiliyati. 
Bank ro‘yxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish 
uchun muassislar tomonidan Markaziy bankda yoki rezident 
banklarning birida vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘i ochiladi. 
Bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdori mazkur 
vaqtinchalik jamg‘arma hisobvaraqda muassislar tomonidan bankni 
ro‘yxatga olingunga qadar to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak. 
Bank ro‘yxatga olingandan keyin uning ustav kapitali miqdorida 
egasi yozilgan aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o‘rtasida 
joylashtiriladi. 
Respublikamizda tijorat banklarini tugatishning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 


60 
Bankni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy majlisi qaroriga 
ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Bu quyidagi hujjatlar taqdim etilgan 
holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan 
amalga oshiriladi: 
-
bank kengashi raisi tomonidan imzolangan iltimosnoma; 
-
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish 
to‘g‘risidagi qarori; 
-
bankni qayta tashkil etishning taxminiy shartlari, shakllari, tartib 
va muddatlarini aks ettiradigan hujjatlar; 
-
qayta tashkil etishning natijalari haqidagi moliyaviy taxminlar, 
shu jumladan, bankning u qayta tashkil etilganidan keyin hisob-
kitob balansi va bankni qayta tashkil etish natijasida vujudga 
keladigan yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlar. 
Mazkur hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan ikki oy davomida ko‘rib chiqiladi. 
Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish 
uchun berilgan litsenziyani bekor qilish uchun mavjud litsenziyani 
shunday holatga keltirish ancha murakkab huquqiy tadbir bo‘lib, tijorat 
banklari faoliyatining to‘xtashi va tugatishida muhim asosdir. 
Bank faoliyatini to‘xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240-sonli 
“Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi 2005-yil 22-mart 626-1 sonli 
o‘zgartirish kiritilgan Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan bank 
quyidagi hollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi: aksiyadorlar yig‘ilishining 
qaroriga ko‘ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot 
deb e’lon qilinganda o‘z faoliyatini to‘xtatgan bank Markaziy bank 
tomonidan banklarni Davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi. 
Uning faoliyati to‘xtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi. Faoliyatni 
to‘xtatish va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan. 
Banklarni tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: 
a)
bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi Markaziy 
bank tomonidan chaqirib olinishi; 
b)
Markaziy bank roziligi mavjud bo‘lgan holda aksiyadorlar yoki 
muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining bankni ixtiyoriy 
ravishda tugatish to‘g‘risidagi qarori. 
Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish 
to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bankni tugatish 


61 
jarayoni yakunlanishiga qadar quyidagi cheklashlar belgilanadi: 
a)
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa organlar va bank 
mansabdor shaxslarining vakolatlari to‘xtatiladi, jumladan, ularning 
mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni to‘lash, shuningdek, bankni 
boshqarish huquqlari bekor qilinadi. Bunda aksiyadorlar umumiy 
yig‘ilishining likvidator hisobotlarini maslahatli tarzda muhokama 
qilish huquqi saqlanib qoladi; 
b)
tugatilayotgan bank nomidan yoki uning hisobidan amalga 
oshirilgan harakatlar ular faqat likvidator tomonidan bajarilgan 
holdagina yuridik kuchga ega bo‘lishi mumkin; 
v) bankning barcha qarz majburiyatlari muddati o‘tgan hisoblanadi; 
g) tugatilayotgan bankning barcha turdagi qarzlari bo‘yicha penya 
va foizlarning hisoblab yozilishi to‘xtatiladi; 
d)
tugatilayotgan bank ishtirokida sudda ko‘rilayotgan mulkiy 
xususiyatga ega bo‘lgan tortishuvlar agar ularga doir qabul qilingan 
qarorlar qonuniy kuchga kiritilmagan bo‘lsa to‘xtatiladi; 
e)
bankka tegishli mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan barcha talablar 
faqat likvidator nomiga bildirilishi hamda mazkur nizom va amaldagi 
qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin; 
j) tugatish jarayoni boshlangunga qadar sud tomonidan qabul 
qilingan qarorlar va tugatilayotgan bankka nisbatan mulkiy talablarga 
oid sudning ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibida ijro 
etilishi uchun tugatish komissiyasiga topshiriladi. 
Ammo bu nizom bank bankort deb e’lon qilinganda amalga 
kiritilmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin