O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENTDAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDOGOK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI
“Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi” qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishi tinglovchisi
Ilmiy rahbar: dotsent podpolkovnik Sh.Djabbarov Toshkent-2023 Mavzusining dolzarbligi Xalqaro ta’lim amaliyotida zamonaviy didaktik о‘quv vositalarining imkoniyatlaridan foydalanib, texnika yо‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida kasbiy fanlarning о‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda multimediali texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanish bо‘yicha keng kо‘lamli izlanishlar olib borilmoqda. Texnika yо‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoniga dinamik namoyishli о‘quv materiallarini loyihalash, zamonaviy didaktik о‘quv vositalari, interfaol metodlardan foydalanish yordamida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlar tashkil etish hamda о‘tkazish bо‘yicha optimal yondashuvlar bilan bog‘liq ilmiy ishlanmalar kо‘lamini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv ishining maqsadi va vazifalari Uchish apparatlarining radioelektron jihozlari ekspluatatsiyasi fani muhandis-texnik mutaxasislarini tayyorlashda nazariy bilimini va amaliy ko’nikmalarini oshirishda, funktsional majburiyatlarini bajarishda qo’l keladi.
Talabalarda aviatsiya qismlarida muhandis-texnik lavozimlarida ozlarining funksional majburiyatlarini va aviatsiya texnikasini ekspluatatsiya qilish va ularga texnik hizmat korsatish boyicha qoyilgan vazifalarni tola tokis va sifatli bajarishni shakillantirish.
Ushbu oʻquv fani asosiy ixtisoslashtirilgan fan boʻlib, uchish apparatlarining radioaelektron jihozlarini ekspluatatsiya qilish, taʻmirlash, ularga texnik hizmat korsatish boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmalarga, hamda aviatsiya qismlarida boshlangʻich muhandis-texnik lavozimlarida majburiyatlarni bajara oladigan rezerv va zaxira ofitserlarini tayyorlash maqsadiga ega.
O‘zbekiston milliy Universiteti Xarbiy tayyorgarlik o‘quv markazida tahsil olishayotgan talabalarga “Uchish apparatlarining radioelektron jixozlari” faninining nazariy va amaliy xarakterga ega bo‘lgan masalalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Ishning predmeti esa oliy ta’lim muassasalarida aviatsiya yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalarga“Uchish apparatlarining radioelektron jixozlari ” fanining tarkibidagi “Radioaloqaviy jihozlaridan texnik foydalanish” mavzuning mazmun mohiyatini o‘rganish hamda uni nazariy va amaliy tadqiq etish hisoblanadi.