Ilyasov Botir Qodirovichning “Radioaloqaviy jihozlaridan texnik foydalanish” mavzusidagi



Yüklə 223,81 Kb.
səhifə5/6
tarix02.06.2023
ölçüsü223,81 Kb.
#123191
1   2   3   4   5   6
Презентация Microsoft PowerPoint

«Bumerang» metodining tuzilmasi:

  • «Bumerang» metodining tuzilmasi:
  • 1-bosqich
  • Ushbu bosqichda guruh tinglovchilar 5 kishidan iborat kichik guruhlarga biriktiriladi. Har bir guruhga mavzu mazmuniga oid ma’lumotlar kiritilgan tarqatmalar beriladi. Ushbu tarqatmalar guruhning har bir a’zosi uchun alohida-alohida beriladi. Bunda bir guruhning 5 ta a’zosi bir xil mavzuni belgilangan vaqt ichida o‘zlari alohida o‘qib o‘rganishlari talab etiladi.

2-bosqich

  • 2-bosqich
  • Ushbu bosqichda guruh tinglovchilari o‘zlariga taqdim etilgan raqamlarga qarab yangi guruhlarda birlashadilar. Buning natijasida har bir guruhga har xil matnlarni o‘rganib kelgan talabalar jamlanadilar. Belgilangan vaqt ichida yangi shakllangan guruhning har bir a’zosi o‘zi mustaqil o‘rgangan matndagi ma’lumotlarni boshqa guruh a’zolariga o‘rgatadi. Natijada ushbu guruhda 5 xil mavzu oid ma’lumotlar asosida fikr almashinadi

3-bosqich

  • 3-bosqich
  • Ushbu bosqichda guruh ishtirokchilari o‘zlarining dastlabki shakllangan guruhlariga birlashadilar. Har bir guruhda o‘zlari tushuntirib bergan mavzular asosida savollar tayyorlanadi va guruhlar o‘rtasida savol-javobga asoslangan jarayon amalga oshiriladi.
  • “Bumerang metodi” uchun guruhlarga quyidagi mazmundagi matnlar taqdim etiladi.


1- guruh uchun topshiriq: Aviatsiyaning radioaloqa qurilmalari yordamida yechiladigan vazifalari haqidagi ma’lumotlarni o‘qib o‘rganing.


2- guruh uchun topshiriq: Radioaloqa kanallarini struktura sxemalari haqidagi ma’lumotlarni o‘qib o‘rganing.


3-guruh uchun topshiriq: Aviatsiya radiostansiyalari chastotalarini barqarorlashtirish usullari haqidagi ma’lumotlarni o‘qib o‘rganing.


4- guruh uchun topshiriq: Aviatsiyadagi radiostansiyalarni qurishdagi o‘ziga xos xususiyatlari usullari haqidagi ma’lumotlarni o‘qib o‘rganing.


5-guruh uchun topshiriq: Aviatsiya radioelektron jihozlarini ekspluatatsiyasini shkllantirish haqidagi ma’lumotlarni o‘qib o‘rganing.

XULOSA
Hozirgi davr yoshlarining fikrlash qobiliyati bir necha un yillar oldingi tengdoshlariga qaraganda ancha yuqori, zehni o‘tkir, yuzaga kelgan vaziyatlarga tezroq moslashadi. Shu sababli ta’lim -tarbiya jarayoniga eskicha, an’anaviy yondashuv bugunda o‘zini oqlamaydi.
Hozirga vaqtda harbiy ta’lim muassasalariga qo‘yiladigan eng muhim talab va ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy sharti - keng dunyoqarashli, egiluvchan tafakkurga ega, nostandart fikr yurituvchi, tezkor qaror qabul qilishga qodir, harbiy-kasbiy kompetensiyalarni mustahkam egallagan, ijodiy faoliyat yurita oladigan kreativ mutaxassisni shakllantirishdan iborat. Ijodiy faoliyat asosiy turlarining tahlili shuni ko‘rsatmokdaki, uning muntazam ravishda amalga oshirilishi insonda o‘zgaruvchan sharoitlarda o‘zini yo’qotmaslik, muammoni aniq ko‘ra olish va uning yangiligidan qo‘rqmaslik, fikr yuritishning yangiligi va unumliligi, ixtirochilik, sezgirlik kabi sifatlar shakllanadi.
Bunday sifatlarga hozir talab katta, keyinchalik esa ehtiyoj bundan xam oshib boradi. Shu maksadda zamonaviy o‘quv jarayonida ta’limning an’anaviy, ya’ni reprodo‘qtiv usulidan prodo‘qtiv (maxsuldor), kidiruv-ijodiy usullariga o‘tish muhim. Prodo‘qtiv ta’lim quyidagi afzalliklarga ega :
- mantiqiy fikr yuritish muammolarni ilmiy, ijodiy yechishga o‘rgatadi;
- zarur bilimlarni mustaqil ijodiy qidirishga o‘rgatadi;
- uchragan qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatadi;
- o‘quv materialini isbotliroq qiladi;
- o‘quv materiali o‘zlashtirilishini chuqurroq va mustahkamroq qiladi;
- bilimlarning ishonchga aylanishiga ko‘maklashadi;
Yuqoridagi fikr mulohazalarga tayanib quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi.
1.Harbiy ta’lim muassasalarida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy soha bilan aloqador bo‘lgan davlat xizmati turlarida faollik ko‘rsatish, tinch va harbiy sharoitda harbiy burchga sadoqatli bo‘lish, ularda o‘z yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirishda ta’lim tarbiya jarayonlarini samaradorligini oshirish, harbiy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari asosida ta’limning zamonaviy texnologiyalari asosida o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etish shuningdek, ta’lim jarayonini samaradorligini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-uslubiy ta’minotni yaratish.


Yüklə 223,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin