turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari
Ma’lumot safarlari . Jurnalistlarning ma‘lumot safarlari amaliyoti butun dunyoda
qo‗llaniladi. Safardan maqsad - gazeta va jurnallarda, psixologik ta‘siri bevosita
reklamaga nisbatan ancha kuchli bo‗ladigan maqolalar chop etish uchun ma‘lumot
materiallarini olishdan iborat. Bu taasurot nisbatan to‗liq va manfaatli, tannarxi esa
reklama harajatlariga nisbatan kam bo‗ladi.
Jurnalistlar safarlarini tashkil qilish sayohatlar bo‗yicha agentning tashrif
buyurishidan yoki uni kutib olishdan farq qiladi. Agentlar tashrifi jurnalistlar safarlaridan
muhimroq bo‗lishi mumkin, chunki ularning maqsadlari yangi bozorni o‗zlashtirish
kompaniyasidan oldin turmahsulot sotilishi uchun barcha narsalarni tayyorlab qo‗yishdir.
Ma‘lumot safarlariga nafaqat manfaatdor jurnalistlar, balki tadbir yanada qiziqarliroq
bo‗lishi uchun taniqli shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Safarlarga jurnalistlarning katta guruhini taklif etish (bir maqsadga ega bo‗lgan
yagona guruh shakllangan hollaridan tashqari, ya‘ni, masalan kurort ochilish marosimi
kutilayotganda) maqsadga muvofiq emas. Jurnalistlar odatdagi turistik guruhga
qo‗shilishi va yo‗nalish bo‗yicha individual safarga chiqishlari mumkin. Safarlarni
tashkil qilishda quyidagilardan ehtiyot bo‗lish kerak:
haddan ortiq to‗yintirilgan dasturlarni taklif qilishdan. Dam olish, sayr qilish va
sotib olish uchun bo‗sh vaqt qoldirish zarur;
nutqlarning, ayniqsa, xorijiy tillardagilarining baland parvozligidan;
safarga qiziqmagan, yaxshi bilimga ega bo‗lmagan yoki chiqishimli bo‗lmagan
jurnalistlarni taklif qilmaslik;
vaqtdan samarasiz foydalanishdan;
qabul qiluvchi tomonda taklif qilingan jurnalistlar haqida ma‘lumot yo‗qligi.
Matbuotda o‗z faoliyati haqida maqola bosilishini kutadigan har qanday tashkilot
bu maqolaning o‗quvchilarda qiziqish uyg‗otishini oldindan ko‗ra bilishi va broshuralar,
buklet va kataloglar mavjudligi haqida avvaldan qayg‗urishi lozim.