O`zb tarix 11 узб indd


Tadbirkorlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ularni



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Tadbirkorlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ularni 
rag‘batlantiradigan mexanizmning yaratilishi. 
2001-yildan boshlab xu- 
susiy tadbirkorlikni, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes korxonalarini rivoj-
lantirish orqali iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish amalga oshirildi. 
2000-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik 
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun kichik va xususiy 
tadbirkorlikning rivoji uchun yanada keng imkoniyatlarni ochib berdi. Bu 
xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli 
shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy 
infratuzilma ob’yektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki
fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish 
hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabi holatlarda o‘z ifodasini 
topdi. Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun 
kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. 
2002-yil «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi 
va Prezident farmoni asosida 2002-yil fevraldan boshlab sug‘urta tashki-
lotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlaka-


48
timizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat 
qilmoqda. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi. 
Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonni tadrijiy taraqqiyot yo‘liga 
qaytishiga imkoniyat yaratdi. «O‘zbek modeli» konsepsiyasi asosida 
boshlangan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar respublikada tadbirkorlikning 
rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha 
bosqichlarda olib borildi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin