O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Mulohaza
!
Tadbirkorlik yo‘lidagi har qanday to‘siqlarni olib tashlash davlat rahbari 
sifatida mening eng katta vazifamdir. Tadbirkor yo‘liga to‘siq bo‘lish 
davlatga xiyonat sifatida qaraladi. 
Shavkat Mirziyoyev
. 2017-yil 7-dekabr.


51
nomini birxillashtirish maqsadida ular bundan buyon «Navoiy», «Angren» va 
«Jizzax» erkin iqtisodiy zonalar deb yuritiladigan bo‘ldi.
Soliq tizimi

1991-yil avgustda O‘zbekistonda eng zamonaviy shaklda, 
yangi tipdagi soliq tizimi yuzaga keldi. O‘zbekiston soliq organlari 1991- 
yilda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan 
soliqlar to‘g‘risida»gi qonun, 
2008
-yilda yangi tahrirda qabul qilingan 
«O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksi» asosida ish yuritmoqda.
Tibbiyot, ta’lim va sport ob’yektlarini saqlash xarajatlari korxonalarning 
soliqqa tortiladigan bazasidan chiqariladi, savdoda ilgari to‘lab kelingan 
uchta to‘lov o‘rniga esa yagona soliq to‘lov joriy etildi. Rivojlangan 
davlatlar tajribasi asosida fuqarolarning yillik daromadlarini Deklaratsiya 
qilish tartibi joriy qilindi. 
2008-yildan keyingi davrda ham mamlakatimizda kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik sohasi ham barqaror rivojlandi. Xo‘jalik yurituvchi 
sub’yektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik 
korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009-yilda 
7 foizga, keyinchalik ushbu ko‘rsatkichni 5 foizga tushirilishi, jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarining kamaytirilishi va ayni 
paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va 
xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan, soliq 
solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani ken-
gaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar belgilangan. Ushbu 
vazifalar ijrosiyuzasidan, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligining zamo-
naviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘i-
luvchanligini oshirish maqsadida 2017-yil 18-iyulda Prezidentning «Soliq 
ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi far-
moni qabul qilindi. 2018-yil 1-yanvaridan boshlab, soliq organlari va halol 
soliq to‘lovchilar o‘rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal etishda 
har tomonlama ko‘maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini 
ta’minlaydigan soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringini 
joriy etish belgilandi.


52

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin