O`zb tarix 11 узб indd


Onalar va bolalar salomatligi muho-



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Onalar va bolalar salomatligi muho-
fazasi
. Respublikada onalar va bolalar
sog‘lig‘ini muhofaza qilishga katta aha-
miyat berilmoqda. «Bolalikdan nogironlar
tug‘ilishining oldini olish uchun yangi
tug‘ilgan chaqaloqlarni hamda homilador
ayollarda tug‘ma va boshqa patalogiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha «Ona 
va bola skrininggi» Davlat tizimini tashkil etish to‘g‘risida» Vazirlar 
Yodda tuting!
Har yili 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan urush qat-
nashchilari mukofotlanadi. Xususan, O‘zbekiston respublikasi Preziden-
tining 2017-yil 4-apreldagi farmoniga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi 
qatnashchilari 2 mln so‘mdan mukofotlandilar. Urush qatnashchilarining 
ayrimlariga to‘la jihozlangan uylar, Haj ziyoratiga bepul borish va navbatsiz 
avtomobil sotib olish imtiyozi berildi.
Bolalar tibbiy ko‘rigi.


58
Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinganligi bu soha rivojiga salmoqli 
hissa qo‘shdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil iyulda «2009–2013-
yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola
tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish bora-
sidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tad-
birlari dasturi to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra sog‘liqni 
saqlash sohasini isloh qilish va shu sohada sifat o‘zgarishlarini amalga 
oshirishni ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirildi. Bolalarni yuqumli 
kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100 foizni tashkil etdi. 
Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli 
tibbiyot markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy meditsina asbob-
us-kunalari bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yo‘lga 
qo‘yildi. 
Bugungi kunda respublikamizda 3000 ga yaqin Qishloq vrachlik 
punkti (QVP) faoliyat ko‘rsatmoqda.
2016-yil O‘zbekistonda «
Sog‘lom ona va bola yili» deb e’lon qilindi. 
2016-yilda chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, birinchi navbatda, 
xotin-qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy sharoitlar yaratish, 
qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmat 
ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirildi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin