O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting!
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy 
yo‘nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi 
ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha 
darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.


55
o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor 
qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli 
oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad 
oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi.
1992–2017-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning, oliy o‘quv 
yurtlari talabalarining, aspirantlarining, doktorantlarining stipendiyalari 
miq-dori bir necha bor oshirildi. Pensionerlarning ijtimoiy ahvolini 
e’tiborga olib, eng kam pensiyaning mutlaq miqdori ish haqining eng 
kam miqdoridan oshiqroq bo‘lishi muttasil ta’minlanib kelindi. Bu yo‘l 
ijtimoiy adolat tamoyillariga mos kelar edi. 
1994-yilga kelib, O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi 
tubdan o‘zgartirildi. Ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangi ilg‘or 
tizimi shakllantirildi. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, bolalar va 
kam daromadli oilalar bu yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar 
bo‘lib qoldi. 
1994-yilning sentabridan boshlab, barcha bolali oilalar uchun yagona 
nafaqa joriy etildi. Bunday yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla 
yig‘inlarida amalga oshiriladigan bo‘ldi. 
1996-yil dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berilishini kuchay-
tirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni 
Mustaqil ish

Quyidagi ma’lumot asosida, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda 
kichik esse yozing!
1996-yildan boshlab 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan barcha oilalarga beriladigan 
har oylik nafaqalar ko‘paytirilib, bu nafaqalar bolalarning soniga qarab quyidagi 
miqdorda belgilandi: bir bolali oilalarga – eng kam ish haqining 30%; ikki bolali 
oilalarga – eng kam ish haqining 60%; uch bolali oilalarga – eng kam ish haqining 
80%; to‘rt bolali oilalarga – eng kam ish haqining 100%; besh va undan ko‘proq 
bolali oilalarga – eng kam ish haqining 120%.
Yodda tuting
!
1997-yildan boshlab, har yili 1-sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv 
anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam ta’minlangan oilalarning 
boshlang‘ich sinfl arda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar 
berish yo‘lga qo‘yildi.


56
ro‘yobga
chiqarishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida «Bolali oilalarni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida» yana bir muhim farmon 
qabul qilindi. Unda 1997-yildan boshlab yordamga muhtoj, bolali oilalarga 
bolalarning soniga qarab, eng kam ish haqining 50 foizidan boshlab 175 
foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi. Nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish 
maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi 
tashabbusi bilan, xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda, tug‘ma nuqsonlari 
mavjud bo‘lgan bolalarni murakkab jarrohlik yo‘li bilan davolash ishlari 
amalga oshirildi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin