131
hal etish yo‘llariga qaratdi. 2002-yil oktabr kunlari BMT Bosh kotibi
Kofe Ananning, 2010-yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning
O‘zbekistonga tashrifl ari ham mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi
o‘rni mustahkamlanib, obro‘-e’tibori ortib borayotganining dalilidir. 2017-yil
iyunda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Samarqandda u Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Guterrish
Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, keyin Orolbo’yi hududidagi vaziyat
bilan tanishdi.
O‘zbekiston BMTning bir qator ixtisos-
lashtirilgan muassasalari, jumladan Jahon
banki, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon
savdo tashkiloti (JST), BMTning Yevropa
bo‘yicha iqtisodiy komissiyasi (EIK), BMT
savdo va rivojlanish bo‘yicha konferen-
siyasi guruhi kabilar bilan keng ko‘lamli
hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Shu-
ningdek, O‘zbekiston Respublikasi BMT
doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Ja-
hon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro
mehnat tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg‘ar-
masi (YUNISEF), Xalqaro Olimpiya qo‘-
mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlarning ham a’zosi
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil
19-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining
72-sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bir qator masalalar, jumladan BMTning
Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh
Assambleyaning «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus
rezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona
Sh.Mirziyoyev BMT minbaridan
Orol dengizi xaritasini
namoyish qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: