Nurmurodov


 Kesish nazariyasi va keskich parametrlari



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

11.2. Kesish nazariyasi va keskich parametrlari
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, metallarni kesib ishlashning aso­
siy turlaridan yo‘nish, randalash, o‘yish, parmalash, frezalash 
jarayonlarida u yoki bu tuzilishdagi kesuvchi asboblar vositasida 
tanavordan qirindi yo‘nish orqali uni talab qilingan shakl, o ‘lchamga 
keltirish, sirtining tozaligiga erishish mumkin. Shuning uchun bunday 
kesuvchi asboblarning qanday qism va elementlardan iboratligini
ulaming geometrik parametrlarini, kesish jarayonining asosiy 
qismlarini, kesishda hosil bo‘ladigan kuchlar va boshqalami bilish 
yoki o ‘rganish katta ahamiyatga ega.
Shu bois yuqoridagi parametrlar va elementlami eng oddiy 
tokarlik jarayonida ishlatiladigan o ‘tuvchi keskich misolida ko‘rib 
chiqamiz. Bunday keskichlar, asosan, kallak (ish qismi) va tana 
(sterjen) qismidan iborat bo‘lib, 
keskich tutkichga (dastgoh 
supportiga) mahkamlanadi.
Keskichning 
old yuzasi
qirindi chiqarish uchun xizmat qiladi, 
asosiy orqa yuzasi tanavoming kesish yuzasiga tomon, 
yordamchi
orqa yuzasi
esa tanavoming yo‘nilgan yuzasiga tomon qaragan 
bo‘ladi. Keskichning asosiy 
kesuvchi qirrasi
old yuzasi bilan asosiy 
orqa yuzasining kesishuvidan
yordamchi kesuvchi qirrasi
esa old 
yuzasi bilan yordamchi ora yuzasining kesishuvidan hosil bo‘ladi. 
Asosiy 
va 
yordamchi 
kesuvchi 
qirralaming kesishgan joyi 
keskichning uchi (cho‘qqisi) deyiladi.
179


asosiy qismlari jumlasiga
old yuzasi asosiy orqa
keskichning uchi kiradu
yuzasi, yordamchi orqa
11.2-rasm. Keskichning
asosiy qismlari.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin