Nurmurodov


Konsolli frezalash dastgohlari



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Konsolli frezalash dastgohlari.
Bunday dastgohlaming konsolli 
deb atalishiga sabab shuki, dastgohning stoli staninaning yo‘nalti- 
ruvchilari bo‘ylab yuqoriga va pastga siljiy oladigan konsolga o ‘rna- 
tilgan. Konsolli frezalash dastgohlariga gorizontal frezalash (11.11- 
rasm), vertikal-frezalash dastgohlari, universal va keng universal- 
frezalash dastgohlari kiradi.
Asosiy bajariladigan ishlar uchun mo‘ljallangan frezalash 
dastgohlarining asosiy o ‘lchami stolining ish yuzasidir. Vertikal va 
gorizontal konsolli frezalash dastgohlari stolining ish yuzasi quyidagi 
o ‘lchamlarda tayyorlanadi: 125x500, 160x630, 200x800, 250x1000, 
320x1250, 400x1600, 500x2000 mm. Dastgohlaming universal- 
frezalash va keng universal turlarida kengligi 200-400 mm li stol bor. 
Gorizontal 
konsolli frezalash dastgohlarida shpindelning o ‘qi 
gorizontal vaziyatda joylashgan bo‘lib, stoli o ‘zaro perpendikular uch 
yo‘nalishda siljiydi. Universal konsolli frezalash dastgohlari tashqi 
ko‘rinishi jihatidan gorizontal frezalash dastgohlaridan deyarli farq 
qilmaydi desa bo‘ladi.
11.8. Frezalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar
194


10 
9
11.11-rasnu Gorizontal frezalash dastgohi:
I - shpindel; 2 - opravka; 3 -freza; 4
-
halqa; 5
-
xartum; 6
-
stol;
7 -
aylanuvchi qism; 8 - y o ‘naltiruvchi; 9
-
konsol; 1 0 - stamina.
Ammo ularda buriluvchi stol bo‘ladi, bu stol bir-biriga perpen- 
dikular uch yo‘nalishda surila olishdan tashqari, o‘zining vertikal o ‘qi 
atrofida 45° burchakka burilishi ham mumkin. Bu hoi vintli ariqchalar 
ishlashga va qiyshiq tishli shesternyalar qirqishga imkon beradi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin