larining tarkibini o‘zgartirib, ulaming xossalarini boshqarish mumkin-
ligi m a’lum bo‘ldi va bu amaliyotda ishlatila boshlandi.
Temir davriga
kelib Osiyoda, O lrta Yer dengizi atrofida va Xitoy hududlarida ilk bor
metallami qayta ishlaydigan korxonalar vujudga kela boshladi.
0 ‘rta Yer dengizi havzasida bronza asridayoq temir keng
qoMlanilganligini amerikalik olim Jeyn Ualdbaum ishonchli dalillar
bilan isbotlab berdi. Ammo uning tarkibida uglerod miqdori kam
bo‘lganligidan u sifat jihatidan bronzaga tenglasha olmagan va asosan
oshxona anjomlari tayyorlash uchun material bo‘lib xizmat qilgan.
Qadimgi Tailand aholisi temir bilan eramizdan taxminan 1600 yil
a w a l tanish bo‘lgan. Qadimgi Yapon metallurglari bundan bir yarim
ming yil ilgari ham temir olish usulini bilishgan,
ular uchun tarkibida
juda ko‘p miqdorda temir bo‘lgan oddiy qum temir ishlab chiqarishda
dastlabki xomashyo bo‘lgan (Okayama prefekturasi). Qadimgi greklar
esa metallami ikkilamchi xomashyo sifatida ishlatishga yetarlicha
e’tibor berishgan (3000 yil oldin). Afrikadagi Viktoriya ko‘lining
g‘arbiy sohilida bundan 2000 yil muqaddam metall suyuqlantirilgan
13 ta metallurgiya pechlari topilgan bo‘lib, ularda havo puflash yo‘li
bilan po‘lat olishga imkon bergan.
Suv va havoning ishlatilishi metallshunoslik sanoatida yangi
bosqichning rivojlanishida asos bo‘ldi.
Metallni eritib, uni tozalash,
puflash uchun havodan foydalanish, suyuqlantirilgan metallar
haroratini oshirishga imkon yaratdi.
Natijada metallar zararli
qo‘shimchalardan tozalanib, ulaming sifati yaxshilandi.
1856-yilda G. Bessmer, 1878-yilda S.Tomas va 1864-yilda
P.Marten po‘lat olishning yangi usullarini yaratishdi. 1856-yilning 12-
fevralida ingliz ixtirochisi Genri Bessmer suyuqlantirilgan cho‘yanni
havo bilan dam berib tozalagani uchun patent oldi. «Men shuni ixtiro
qildimki, deb yozgan edi Bessmer, agar metallga yetarli miqdorda
atmosfera havosi yoki kislorod kiritilsa, u suyuq metall zarracha-
larining kuchli yonishiga sabab bo‘ladi, temperaturani saqlab turadi
yoki
uni shu darajagacha oshiradiki, bunda metall cho‘yan holatidan
po‘lat holatiga yoki bolg‘alanuvchi temir holatiga o‘tish vaqtida
yoqilg‘i ishlatilmasdan suyuq holida qoladi». Jahon metallurgiyasi
rivojida juda katta hissa qo‘shgan, iste’dodli ingliz ixtirochisi nomini
texnika tarixiga abadiy yozilishiga sabab bo‘lgan quyma po‘lat
olishning bu yangi usuli hayotda shu tariqa o ‘ziga yo‘l ochgan edi.
6
Rus olimi P.P.Anosov metallaming xossalari ulaming kristall
tuzilishiga bog‘liqligini aniqladi va birinchi bo‘lib, metallami ichki
tuzilishini o ‘rganishda mikroskopdan foydalandi. Yuqori sifatli po‘lat
olishda, ayniqsa P.PAnosovning xizmatlari katta.
Metal lshunoslik fanining rivojlanishida rus olimi D.K. Cher-
novning fazalar o‘zgarishi haqidagi nazariyasi juda katta turtki boidi.
Temir
uglerodli
qotishmalami
va
termik
ishlov
berish
protsesslarini o ‘rganish 1868-yilda e’lon qilingan D.K.Chemovning
«Lavrov va Kalakutsiyning po‘lat va poiatdan ishlangan obzori
hamda ushbu soha bo‘yicha D.K.Chemovning o ‘z tadqiqotlari»
maqolasi bilan boshlanadi. D.K.Chemov birinchi bo‘lib po‘latda kritik
nuqtalar borligini ko‘rsatdi va temir-sementit diagrammasi haqida
dastlabki
tushunchani
berdi.
Keyinchalik
temir-uglerodli
qotishmalami qurishga F.Osmond, Le-Shatele (Fransiya), R.Austen
(Angliya), A.A.Baykov va N.T.Gudsov (Rossiya), Rozenbaum
(Gollandiya), P.Gerens (Germaniya) va boshqalarninng ishlari
bag‘ishlandi.
Nemis olimi Ledebuming metallar strukturasi tushunchasi, ingliz
liziklari F. Laves hamda V. Yum-Rozeming yangi turdagi fazalami
kashf etishi fan rivojida katta hissa bo‘ldi.
Ichki yonuv dvigatellari
kashf etilishi mashinasozlik, avto-
mobilsozlik, samolyotsozlik va raketasozlik sanoatlari rivojlanishida
muhim asos boidi. Tabiiyki, sanoatning rivojlanishi yangi materiallar
yaratish, ulaming xossalarini yaxshilash ustida tinmay izlanishlar olib
borishni talab etdi. Natijada takomillashgan domna pechlari, p o ia t
eritiladigan marten pechlari barpo etildi.
Poiatlam i payvandlash
mumkinligini N.N. Benardos va N.G. Slavyanovlar ilmiy nuqtayi
nazardan isbotlab berdilar.
Rus olimi A.M. Butlerov tomonidan 1881-yilda yaratilgan
jismlarning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida quyi molekulali
organik
kimyoviy
moddalardan
polimerlar olish
mumkinligi
isbotlandi.
S.V. Lebedev 1909-yilda xossalari jihatidan tabiiy kauchukka
yaqin materialni sun’iy ravishda oldi. Hozirgi vaqtda texnika rivojini
sun’iy inateriallarsiz tasavvur qilish qiyin. 0 ‘tkazuvchanligi yuqori
materiallar, yarimo‘tkazgichlar, sun’iy olmos hamda uglerod asosidagi
boshqa materiallar kashf etildi.
7
Domna pechlarida sodir bo‘ladigan
oksidlanish-qaytarilish
jarayonlari natijalarini hisobga olish mumkinligi, materiallar tuzilishi
va texnologik jarayon haqidagi bilimlar yanada boyidi. Turli ferroqo-
tishmalar olish, p o ia t olishning elektrometallurgiya usullaridan
foydalanish p o ia t sifatini oshirdi va juda ko‘p legirlangan poiatlar
olish imkoniyatini yaratdi.
Qotishmalar mustahkamligini oshirishning yangi usullari kashf
etildi. Termik-mexanik, mexanik-termik
va ikki marta qayta
kristallash usulida termik ishlov berish kabi ilg‘or texnologik
jarayonlar yaratildi. Korroziyabardosh, olovbardosh, maxsus magnit
xossalarga ega boigan va m aiu m geometrik shakllami «esida» saqlab
qoluvchi qotishmalar kashf etildi.