Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Fizik xossalari. Metallaming fizik xossalariga uning rangi,
zichligi, suyuqlanish temperaturasi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqdan
kengayuvchanligi, issiqlik sig‘imi, elektr o‘tkazuvchanligi, magnit
xossalari va boshqalar kiradi.
Metall rangi deb, ma’lum to ‘lqin uzunligidagi yom g‘lik nurini
qaytarish xususiyatiga aytiladi. Masalan, mis pushti-qizil rangli,
aluminiy esa kumushsimon oq rangli bo‘ladi.
Metallning zichligi hajm birligida joylashgan massa bilan
xarakterlanadi. Zichligiga ko‘ra barcha metallar yengil (4500 kg/m3
dan kam) va og‘ir xillarga bo‘linadi. Turli buyumlar yaratishda metall
zichligi muhim rol o ‘ynaydi. Masalan, samolyot va raketasozlikda
juda yengil metall va qotishmalardan (aluminiyli, magniyli, titanli)
foydalanishga harakat qilinadi. Bu buyum massasini kamaytirish
imkoniyatini beradi. Suyuqlanish temperaturasi deb, metall qattiq
holatdan suyuq holatga o‘tadigan temperaturaga aytiladi. Suyuqlanish
temperaturasiga qarab qiyin suyuqlanadigan (volfram 3416°C, tantal
2950°C, titan 1725°C va boshqalar) va oson suyuqlanadigan (qalay
232°C, qurg‘oshin 372°C, rux 419°C, aluminiy 660°C) metallar
bo‘ladi. Quyma buyumlar, payvandlanadigan va kavsharlanadigan
birikmalar termoeleketrik priborlar va boshqa buyumlar tayyorlash
uchun metall tanlashda suyuqlanish temperaturasi katta ahamiyatga
ega. SI birliklar sistemasida suyuqlanish temperaturasi Kelvin (K)
shkalasida ifodalanadi.
Metallning issiqlik o ‘tkazuvchanligi deb, uning ko‘p qizigan
uchastkasidan kam qizigan qismiga issiqlik o‘tkazish, xususiyatiga
aytiladi. Kumush, mis, aluminiy ko‘p issiqlik o‘tkazuvchanligi
aluminiyga nisbatan besh marta kichikdir. Detallar uchun materiallar
tanlashda issiqlik o ‘tkazuvchanlik katta ahamiyatga ega. Masalan,
metall issiqlikni yomon o ‘tkazsa, u qizdirilganda yoki tez sovu-
tilganda (termik ishlov berishda, payvandlashda) unda darzlar paydo
boMadi. Mashinalaming ayrim detallari (dvigatellaming porshenlari,
turbinalarining
kurakchalari)
issiqlikni
yaxshi
o ‘tkazadigan
materiallardan tayyorlanishi kerak. SI birliklar sistemasida issiqlik
o ‘tkazuvchanlik Вт (м-К) bilan oMchanadi.
Metallning issiqdan kengayuvchanligi deb, qizdirilganda uping
o ‘lchamlarining kattalashish, sovitilganda esa kichrayish chiziql).