23
Atrofdagi munosabatlarga nisbatan
bolalarning tushunchalarini
kengaytirishda davom etiladi. Guruhda, zalda, maktabgacha ta’lim muassasasi
binosiga moslashish ko‘nikmalarini mukammallashtirish. Bolalarda qo‘g‘irchoq
teatrlari haqida tushuncha, ularni farqlay olish ko‘nikmalarini kengaytirish.
Bolalar so‘z boyligini yaxshilash va ko‘paytirishda
davom etish,
muntazam lug‘at boyligini kengaytirib borish. Nutqning suhbat va monologik
shakllarini mukammallashtirish. Muloqotda nutq madaniyatini tarbiyalash.
Qo‘g‘irchoqlar
ishtirokida kichik hikoyalar, ertaklar tuzish ko‘nikmalarini
yaxshilash.
Qo‘g‘irchoqlarni
to‘g‘ri
manipulyatsiya
qilish
ko‘nikmalari
mustahkamlanadi.
Bollarga ma’lum mashxur ertak qahramonlarining suhbatlarini
improvizatsiya qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash.
Ong, diqqat,
fikrlash, tasavvur qilish, his etish ko‘nikmalari
mukammallashadi.
Bolalarda o‘z ruhiyatlarini boshqalarga ulashish, musiqa oxangini turli
tana xarakatlari orqali ko‘rsatib berish, badiiy o‘z-o‘ziga ishonish ko‘nikmalarini
rivojlantirish.
Qug‘irchoq teatri tomoshalari jarayonida bolalarning yakka va jamoa
bilan musiqa asboblari yordamida improvizatsiya qilish tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatlash.
Bolalarning maktabgacha ta’lim
muassasasi bayramlarida, ko‘ngil
ochar tadbirlarida mashg‘ulotlar va mustaqil faoliyat jarayonida olgan o‘z bilim va
ko‘nikmalaridan foydalangan holda faol ishtirok etish ko‘nikmalarini qo‘llab
quvvatlash.
Yuqorida aytib o‘tilgan holatda tashkil etilgan ta’lim albatta o‘z samarasini
ko‘rsatadi. Teatrlashtirilgan o‘yin bolalarda o‘zini boshqalar oldida ifoda eta olish,
o‘zing «Men»ini boshqalarga taqdim eta olish, o‘rtoqlari oldida o‘z harakatlaridan
faxrlanish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bolalarning maktabgacha ta’lim
24
muassasasidagi davrlari teatrlashtirilgan o‘yin faoliyatining
integratsiyalashgan
o‘yinlar, san’atning turlari hisobiga boyitiladi.
Dostları ilə paylaş: