Международный научный журнал № 10(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023
354
ABDULLA QAHHOR – SATIRIK HIKOYALAR USTASI
Toshpo‘latova Nilufar Narimon qizi
ChDPU Gumanitar Fanlar fakulteti, 2-kurs
Ilmiy rahbar:
Usmonova Ziyoda
Annotatsiya:
Ushbu maqolada “so‘z san’atkori” Abdulla Qahhorning hayot va ijodi,
hikoyanavislik borasida amalga oshirilgan ishlari haqida ma'lumot berib o‘tilgan .
Kalit So'zlar:
A.Qahhor, hikoya, ma’naviy yuksalish, ijodkor, nasriy asar, badiiy
adabiyot, novella, adabiy me’ros, janr .
Annotation:
This article provides information about the life and work of the "artist of
words" Abdulla Qahhor, as well as his work in storytelling.
Key Words:
A. Kahhor, story, spiritual growth, creator, prose work, fiction, novella,
literary heritage, genre.
Аннотация:
В данной статье представлена информация о жизни и
творчестве «художника слова» Абдуллы Каххора, а также его работе в области
повествования
.
Ключевые Слова:
А. Каххор, повесть, духовный рост, творец, прозаическое
произведение, художественная литература, новелла, литературное наследие,
жанр.
Hikoya janri — badiiy adabiyotda kichik epik janrlardan biri bo’lib, hayot hodisalari,
voqeliklarni ixcham ko’rinishda ifoda etilishi bilan boshqa adabiy turlardn farq qiladi.
Hikoya janri nafaqat jahon adabiyotida, balki milliy adabiyotimiz bo’stonida ham qadim
anʼana va uslublarga ega hisoblanadi. Oʻtmishda hikoya janri folklor asarlar tarkibida bayon
etish shaklida uchragan. Mustaqil janr sifatida esa faqat yozma adabiyotda shakllanish
jarayonlarini bosib o’tgan. Yevropa adabiyotida hikoyachilikning rivojlanishiga italyan
yozuvchisi Bokachcho "Dekameron" asari bilan katta hissa qoʻshgan bo’lib, asarda 7 qiz va
3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (Fransuz),
Ogenri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Choʻlpon, A.Qahhor (oʻzbek) hikoya janrining
asoschilari hisoblanadi. Yevropa adabiyotida hikoya novella deb ham nomlanadi.
Har bir xalqning ma’naviy yuksalishi, kamol topishida o‘sha xalqning “so‘z ustalari”,
ijodkorlari yaratgan madaniy meros katta rol o‘ynab, muhim ahamiyat kasb etadi.
Aytishimiz mumkinki, ulkan so‘z san’atkori Abdulla Qahhorning adabiy merosi xalqimiz
ma‟naviy tafakkurini komillikka yetaklovchi cho‘qqilardan biri bo’lib, betakror ijodkor
sifatida ham, ulug‟vor fazilatlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida ham xalqimiz ma‟naviy
hayotida mangulikka aylangan siymo sifatida mangulikka dahldordir.
Abdulla Qahhor xilma-xil janrdagi asarlari bilan ona Yurtimizning yaqin o‘tmishining
tarixi va o‘z davrining to‘laqonli manzarasini aks ettirib, zamondoshlarimizning yuksak
Международный научный журнал № 10(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023
355
fazilatlarini faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ijodiy uslubda tasvirlab adabiyotimizda
hikoyanavislik maktabiga tamal toshini qo’ydi.
Adabiyotshunoslik yo‘nalishida A.Qahhor ijodini o‘rganishga taniqli adabiyotshunos
O.Sharafiddinov *1+, M.Qo‘shchonov *2+ larning tadqiqotlarida e’tibor qaratilgan. Adabiyot
o‘qitish metodikasi sohasida esa F.Egamberdievaning “Abdulla Qahhor ijodini pedagogik
texnologiya asosida o‘rgatish”; O.Usmonovaning “Yozuvchi hayoti va ijodini adabiy tahlil va
talqin usullariga tayanib o‘rgatish”; mavzusidagi nomzodlik dissertastiyalari yaratilgan. M.
Ziyodullaeva o’zining nomzodlik ishida yozuvchini maktabda o’rganish bo’yicha ish olib
borgan (2008- yil) bo’lsa, S.Ismatov ham o’z qo’llanmasida (1978-yil) Qahhorni maktabda
o’rganish yuzasidan fikrlarini bayon etgan. Metodik qo’llanma sifatida nashr etib
boriladigan “Til va adabiyot ta’limi” jurnalida M.Mirzarahimova, G.Nurmatova,
Q.Husanboyevalarning Abdulla Qahhor ijodini o’rganish bo’yicha berilgan uslubiy
maqolalar adabiy manbaa sifatida foydalaniladi.
Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotiga ajoyib hikoyasi va ushbu janrning tengsiz ustasi
bo‘lib kirib kelgan va o’zining hikoyalarida o‘zbek xalqining eng yaxshi milliy ko’rinishlari
— teran aqli, hajviylikka yo‘g‘rilgan hayotiy donoligini adabiy ko’rinishda tasvirlab bergan.
A. Qahhor o‘ziga xos uslubi bilan chinakam milliy rassom, milliy urf-odatlarimizni o’z
asarlarida tarannum etgan ijodkor hisoblanib, mavzu va voqeyilikni u o‘zbekchilikdan,
xalqimiz tilidan olib ijod etgan. Uning badiyy qahramonlari issiqqina tandirga suyangan
ro‘zg‘or, milliylikni o’ziga jo aylagan marosimlar, odatlar bilan chambarchas bog‘liqdir *3+.
O‘zbek nasrnafisligi rivojida uning “Sarob”, “Qo‘shchinor chiroqlari” romanlari, shuningdek,
“Sinchalak” va “O‘tmishdan ertaklar” qissalari alohida o‘rin tutadi. “O‘tmishdan ertaklar”da
muallif xotirasida chuqur iz qoldirgan odamlar haqida so‘zlaydi. Abdulla Qahhoning o‘zi:
“Men yoshligimda guvoh bo‘lganlarimni yozdim. Haqiqatni, faqat haqiqatni yozdim. Agar
bu haqiqat siz - zamonaviy yoshlarga dahshatli ko‘rinsa, demak, men bu achchiq
haqiqatimni oxirigacha haqiqat hikoyasi - ertak deb nomlayman!” *4+, deganlari bugungi
kun yoshlariga ibrat sifatida jaranglamoqda.
Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotida o’zgacha fusunkor hikoyalari va ushbu janrning
tengsiz ustasi sifatida o’chmas iz qoldirib, o‘zbek Chexovi degan ulug’vor maqomga ham
erishgan. Uning hikoyalarining tili qisqa, naqllarga boy bo’lib, tili sodda va tabiiy bolajondir.
Adib o’z hikoyalarida badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalanish evaziga xalqimiz
o’zgacha bir o’zbekona soddaligi, bolajonligi, mehmondo’stligini tasvirlab, xalqimizning
purma’no maqollari va hikmatlarini ham, turli ideomatik birikmalaridan ham keng
foydalanadi.
Abdulla Qahhorning hikoyalarida hajviylik, satirik uslubdagi jihatlar ham yetakchi
o’rinni egallab, hikoyalarida insonning qadr-qimmatini pastga uradigan turli-tuman
nuqsonlar har xil illatlar badiiy jihatdan teranlik bilan atroflicha tadqiq qilinganligini
ko’rishimiz mumkin. Masalan “Bek”, “Ogʻaynilar”, “Ikki yorti bir butun”, “Munofiq” kabi
hikoyalarda Abdulla Qahhor laganbardorlik, xushomadgoʻylik munofiqlik kabi illatlarni
qattiq qoralab, ushbu unsurlar hamisha jamiyatga zararli odamlarning oʻzaro
Международный научный журнал № 10(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023
356
munosabatlariga rahna soluvchi illatlar boʻlib kelgan, ammo muayyan sharoitda bu illatlar
ayniqsa munofiqlik odamlar boshiga son-sanoqsiz kulfatlar keltirishini mohirona tasvirlab
bergan [5].
Mohir qalam ustasi Abdulla Qahhor satirik hikoyalarida turli-tuman ijtimoiy illatlarni
ishonarli satirik tiplarda mujassamlashtirar ekan, shu illatlarni qoralash cheklanib qolmay,
uning oqibatlari, keltirishi mumkin bo’lgan sabablarini ham voqealar rivoji orqali tasvirlash
orqali bayon qiladi.U ayni chog’da yangi hayotning qudratli qadamini ham tasvirlab,
hayotda turli shakllarda, tulicha koʻrinishlarda namoyon boʻlishini oʻz hikoyalarida shunday
bir omil qilib oladiki, uning yordamida salbiy kuchlarning zamiridagi kulgi toʻla-toʻkis
ifodalanadi. Lekin, hech qaysi hikoyada qahramon xarakterini to’laligicha koʻrsatmaydi,
uning rivojlanish jarayoni bilan tanishtirmaydi. Shuningdek,qahramonlar psixologiyasini
chizganda, aniqrog`i, ularning xatti-xarakatini psixologik jihatdan badiiy tasvirlaganda
muallif biror oʻrinda ortiqcha tafsilot, nooʻrin cheklanishlarga yoʻl qo’ymay, asosan biror
aniq chizgilar yordamida yoxud bir necha harakat orqali harakterlarni tasvirlaydi. Abdulla
Qahhor kamdan kam xollardagina (masalan “Bek” hikoyasida) qahramon xarakterini bayon
qilish ta’rif – tavsif yordamida ifodalaydi [6].
A.Qahhor badiiy ijodning hamma yo’nalishlarida qalam tebratib ko’rgan – she’rlar
ham yozgan, dramatik asarlar ham yaratgan. Lekin hayot, ozmi –ko’pmi qilib ko’rilgan
tajribalar unga nasr yo’nalishi yaqin ekanligin ko’rsatdi. Uning iste’dodi xususiyatlariga,
badiiy tafakkur tarziga aynan shu yo’nalishdagi izlanishlari mos kelishi adabiy jarayonda o’z
isbotini topa boshladi. Adabiyotimiz rivojida o’z o’rni va salmog’iga ega bo’lgan qator
roman va qissalar yaratdi. Bu asrlardan ayrimlari turli darajadagi mukofotlarga ham
sazovor bo’lib, katta yozuvchilik shuhratiga, yuksak e’tiroflarga muyassar bo’ldi.
Xulosa sifatida aytadigan bo’lsak, 1968 yilning 25 may kuni Abdulla Qahhorga
“O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan, o‘limidan so‘ng “Buyuk xizmatlari uchun”
ordeni bilan taqdirlangan. 2007 yil O‘zbekiston jamiyati tomonidan Abdulla Qahhor
tavalludining 100-yilligi keng nishonlangan. Toshkentda o‘zbek adabiyoti rivojiga bebaho
hissa qo‘shgan chinakam xalq yozuvchisiga aylangan ijodkorning haykali o‘rnatilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.Sharafiddinov.O Abdulla Qahhor Toshkent 1988
2.Qo‘shjonov M Abdulla Qahhor mahorati (T): «Adabiyot va San’at»1988
3. H.Abdusamatov.”Abdulla Qahhor”.T- Badiiy adabiyot nshriyoti.1960
4. A.Qahhor zamondoshlari xotirasida.-T: G’.G’ulom nashriyoti. 1987- yil
5. Umarali Normatov. Mahorat sirlari. T:Gʻ.Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot
nashriyoti, 1968
6. Sodiq S. So‘z san’ati jozibasi. –T., “O‘zbekiston”, 1996-y
Dostları ilə paylaş: |