19.02.2022, 13:11
65-сон 29.01.2018. O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi …
https://lex.uz/docs/-3540097
71/78
17. Karantin ruxsatnomasini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchilar
tomonidan ariza Agentlikka kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida qabul qilinadi
va bu haqidagi tegishli hujjatni ariza beruvchilarga berish (yuborish) yoki bunday hujjatni berish rad
etilganligi to‘g‘risida Agentlik uni yozma shaklda, shu jumladan axborot
tizimi orqali elektron
shaklda xabardor qilishi shart.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
17 500 kg dan ortiq yuk ortilgan bir transport birligiga ichki fitosanitariya sertifikati uchun
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
(17 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 32-sonli
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 09/21/32/0058-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
18. Fitosanitariya sertifikati maxsus raqamlangan, himoyalangan holatda mazkur Nizomga
3-
ilovaga
, reeksport fitosanitariya sertifikati
3a-ilovaga
va ichki fitosanitariya sertifikati
3b-ilovaga
muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 32-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 09/21/32/0058-son)
19. Quyidagilar fitosanitar sertifikatini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
fitosanitar sertifikati berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning ariza beruvchilar tomonidan
to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
ariza beruvchilarning ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan arizada noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan
ma’lumotlarning mavjudligi;
o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari
bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa holatlarda fitosanitar sertifikati
berishni rad
etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Fitosanitar sertifikatini berishning rad etilganligi haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga
yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi
ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin
bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi
rad etish sabablarini
bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat
fitosanitar sertifikatini berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnoma olingan kundan e’tiboran
o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
21. Ariza beruvchi fitosanitar sertifikatini berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni
belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar takroran ko‘rib chiqish, fitosanitar
sertifikati berish yoki uni berishni rad etish ariza beruvchidan
rad etish sabablari bartaraf
etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida tegishli
hududiy boshqarma tomonidan takroran ko‘rib chiqiladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun
yig‘im undirilmaydi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
22. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma xabarnomada bayon
qilinmagan rad etish sabablarining tegishli hududiy boshqarma tomonidan keltirilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad
etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
1.
1
19.02.2022, 13:11
65-сон 29.01.2018. O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi …
https://lex.uz/docs/-3540097
72/78
23. Fitosanitar sertifikatini berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat
o‘tgandan keyin ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va
tegishli hududiy boshqarma tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
24. Ariza beruvchi fitosanitar sertifikatini
berishning rad etilganligi, shuningdek tegishli
hududiy boshqarma mansabdor (vakolatli) shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan
belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: