Банклараро хисоб-китобларнинг мазмуни ва уларнинг ташкил этилиши. Банкларнинг вакиллик хисобварақлари ҳақида тушунча. Электрон тўловлар тизими



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə1/6
tarix08.05.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#109790
  1   2   3   4   5   6
9-МАВЗУ. БАНКЛАРАРО ҲИСОБ-КИТОБЛАР ҲИСОБИ


9-МАВЗУ. БАНКЛАРАРО ҲИСОБ-КИТОБЛАР ҲИСОБИ
РЕЖА:

  1. Банклараро хисоб-китобларнинг мазмуни ва уларнинг ташкил этилиши.

  2. Банкларнинг вакиллик хисобварақлари ҳақида тушунча.

  3. Электрон тўловлар тизими.

  4. Марказий банкнинг банклараро тўлов тизими оркали электрон тўловларни амалга ошириш тартиби.

  5. Банклар ва уларнинг филиалларини банклараро тўлов тизимига улаш тартиби.

  6. Марказий банкнинг хисоб-китоблар маркази (ХКМ)да тижорат банкларининг вакиллик хисобварақларини очиш ва юритиш тартиби.

  7. Тижорат банкларининг Бош офисларида тўлов марказлари (ТМ) ишларини ташкил этилиши.

  8. Электрон тўлов хужжатларининг ўтиш схемаси.

  9. Марказий Банк ХКМда ва тижорат банкларида банклараро хисоб-китобларни бухгалтерия хисобида акс эттириш тартиби.

  10. Тижорат банкининг филиаллари ўртасидаги ўзаро хисоб-китобларни амалга ошириш ва хисобга олиш тартиби.


4.3.-MA’RUZA: BANKLARARO HISOB-KITOBLAR HISOBI

REJA:
4.3.1. Banklararo hisob-kitoblar hisobi


4.3.2. Banklarning vakillik hisobvaraqlari ochilishi va yuritilishi
4.3.3.Elektron to’lov tizimi. Banklararo hisob-kitoblarning elektron to’lov tizimi orqali tashkil etilishi va hisobga olinishi.
4.3.4. Bank plastik kartochkalari bilan hisob-kitoblar va ularning hisobini yuritish tartibi.
4.3.5.Xoʼjalik yurituvchi subektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʼlarini hisobdan chiqarish tartibi.

Adabiyotlar: 8, 9, 10, 11, 12, 13, 20, 21, 22, 25, 26, 27, 28


4.3.1. Banklararo hisob-kitoblar hisobi.








Tijorat banklarining o’zaro (filiallararo) hisob-kitob

operasiyalari hisobi


O’zaro yoki filiallararo hisob-kitoblar bu O’zbekiston Respublikasidagi banklar o’rtasida bo’ladigan hisob-kitoblardir. Banklar o’rtasidagi vakillik munosabatlari - shartnomaviy munosabatlar bo’lib, ularga ko’ra bir bank (vakil bank) boshqa banklarning tegishli depozitlarini saqlaydi va ularga to’lov bilan bog’liq hamda boshqa operasiyalar yuzasidan xizmatlar ko’rsatadi.
Banklararo hisob-kitoblar har bir bankka Markaziy bankda ochiladigan "Rezident banklarning vakillik hisobvarag’i - Vostro", "XKKMning HMdagi vakillik hisobvarag’iga - Vostro", banklarda "Markaziy bankning vakillik hisobvarag’i - Nostro" vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, boshqa tijorat banklarida xorijiy valyutada vakillik hisobvaraqlari ochilishi mumkin.
Vakillik hisobvaraqlari bo’yicha operasiyalar faqat tijorat banklari taqdim etadigan to’lov topshiriqnomalari asosida, bu hisobvaraqlarda mavjud bo’lgan mablag’lar doirasida amalga oshiriladi.
Vakillik hisobvaraqlari bo’yicha ikki nusxada shaxsiy hisobvaraqlar yuritiladi. Ularning birinchisi hisobvaraq egasi bo’lgan bankda (tijorat banki) va vakil bankda vakillik hisobvarag’idan ko’chirma sifatida xizmat qiladi.
Markaziy bank va boshqa barcha banklar vakillik hisobvaraqlarining ahvolidan xabardor bo’lib turishlari, "Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari - Vostro", "XKKMning HKMdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro" hisobvaraqlari bo’yicha debet qoldiq yuzaga kelishiga yo’l qo’yilmaydi.
Ushbu hisobvaraqlar bo’yicha Markaziy bankda yuzaga kelgan debet saldosining hisobi "Rezident banklarning vakillik hisobvaraqlari - Vostro, overdraft" hisobvarag’ida yuritiladi. Markaziy bankda yuzaga kelgan debet saldosining hisobi bank bo’limlarida " Markaziy bankning vakillik hisobvarag’i - Nostro, overdraft" hisobvarag’ida, tijorat banklarida esa "HKKMning hisob markazidagi vakillik hisobvarag’iga - Nostro, overdraft" hisobvarag’ida yuritiladi.
Markaziy bankda vujudga kelgan debet saldosi bo’yicha banklar har bir kun uchun debet saldosi summasining 1 foiz miqdorida jarima, shuningdek, overdraft harzidan foydalanganlik uchun foizlar to’laydi.
Bu to’lovlar vakillik hisobvarag’i bo’yicha xizmat ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaga muvofiq debet saldosi batamom yo’qotilgunicha to’lanadi. Jarima debet saldosi qoplanganidan keyin Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi yozgan inkasso topshiriqnomalari bilan undiriladi.
Shuning uchun tijorat banklari vakillik hisobvarag’idagi operasiyalarni nazorat qilib turishlari shart hamda to’lovlar o’tkazilishi uchun zarur hajmdagi mablag’lar ularning vakillik hisobvaraqlariga o’z vaqtida kelib tushishini ta’minlashlari lozim.
Har kuni ish boshlanishidan oldin (8.00 dan) vakillik hisobvaraqlari tekshirib chiqiladi.
Tijorat banklari hisob-kitoblar markaziga ichki vakillik hisobvaraqlarida turgan qoldiqlar haqida ma’lumot berib turishlari kerak. Hisob-kitob markazida bank bo’limlaridan olingan ma’lumotlar ulardagi qoldiqlar bilan taqqoslanadi. Agar o’rtada tafovut chiqsa, tijorat banki mazkur tafovut sabablarini aniqlab, bartaraf etmagunicha, hisob-kitob markazi orqali ishlashiga ruxsat etilmaydi.
O’zaro hisob-kitoblar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobvaraqlar rejasidagi 16103- «Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob kitoblar bo’yicha olinadigan mablag’lar» va 27406- "Filiallararo aylanmalar tranzit hisobvaraqlari" hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
O’zbekiston Respublikasi hududida banklararo hisob-kitoblar tijorat banklarining Markaziy banki hududiy Bosh Boshqarmalari (hisob-kitoblar Markazi)da ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali elektron to’lovlar tizimi bo’yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Banklarda hujjat aylanishi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan amaldagi Nizom1 talablari asosida tashkil qilinadi.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin