Банклараро хисоб-китобларнинг мазмуни ва уларнинг ташкил этилиши. Банкларнинг вакиллик хисобварақлари ҳақида тушунча. Электрон тўловлар тизими


Elektron to’lov tizimida ishlatiladigan



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə5/6
tarix08.05.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#109790
1   2   3   4   5   6
9-МАВЗУ. БАНКЛАРАРО ҲИСОБ-КИТОБЛАР ҲИСОБИ

Elektron to’lov tizimida ishlatiladigan
pul-hisob-kitob hujjatlari.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi orqali elektron to’lovlarni amalga oshirish tartibi to’g’risilagi Nizom» (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 14 fevralda 1545- son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) ga muvofiq elektron to’lovlar tizimida pul-hisob-kitob hujjatlarining quyidagi turlari qo’llaniladi:

  • To’lov topshiriknomasini (operasiya turi 01)

  • To’lov talabnomasini (operasiya turi 02)

  • Akkreditiv uchun ariza (operasiya turi 05)

  • Memorial order (operasiya turi 06)

  • Inkasso topshiriknomasi (operasiya turi 11)

  • Tijorat bankining hisob-kitob cheki (operasiya turi 14)


Minibanklarda buxgalteriya ishlarini tashkil qilish


  1. Minibanklar buxgalteriyasi “Bank binosidan tashqarida joylashgan mas’ul ijrochi buxgalter” sifatida faoliyat yuritadi. Minibanklarda buxgalteriya xisobi mavjud ish hajmidan kelib chiqqan holda mazkur Yo’riqnoma talablari doirasida tashkil etilishi lozim.

Minibank buxgalteri amalga oshirilayotgan buxgalteriya operasiyalarini tegishli nazoratdan o’tkazgandan so’ng, ushbu operasiyalarni elektron faylini tasdiqlash uchun aloqa kanali orqali shu kunning o’zida bank filialiga jo’natadi.

  1. Minibanklarda ish kuni bank ish kunidan kamida ikki soat oldin yakunlanishi va kun davomida amalga oshirilgan operasiyalarga asos bo’lgan pul hisob-kitob hujjatlarini yakuniy nazoratdan o’tkazilishi va kunlik buxgalteriya hujjatlari yig’majildiga tikish uchun bankka ish kuni tugamasdan oldin inkassasiya xizmati orqali yetkazib berilishi shart.

  2. Ushbu qoidalarga qat’iy rioya qilish imkoniyati mavjud bo’lgan banklar o’zi joylashgan viloyat yoki shaharda minibanklar ochishi mumkin.

  3. Minibank hujjatlari har kuni bosh buxgalter tomonidan tekshirilib imzolanishi shart. Tekshirilish jarayonida noqonuniy operasiyalar aniqlangan taqdirda, bosh buxgalter bu haqda bank rahbariga yozma ravishda ma’lum qiladi.

  4. Bank rahbari va bosh buxgalteri o’zlariga qarashli bo’lgan minibanklarda buxgalteriya ishlarini to’g’ri tashkil qilish va bank operasiyalarini aniq va o’z vaqtida bajarilishi ustidan doimiy nazorat o’rnatishlari lozim.



Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin