524
Yosh Tadqiqotchi Jurnali
ISSN: 2181-3132
Vol. 1 No. 4 (2022)
scientific journal impact factor 4.7
TIL TARAQQIYOTI. TIL TARAQQIYOTINING ICHKI QONUNIYATLARI. TILNING
TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Roziqova Marjona G‘aniyevna
BuxDU Pedagogika instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6589215
ANNOTATSIYA
. Tilshunoslik fanining predmeti va o‘rganish obyekti, uning asosiy tarmoqlari
to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish, tilning paydo bo‘lishi haqidagi bilimlarni mustahkamlash, til
birliklarining o‘zaro munosabati haqidagi tushuncha hosil qilish.
Kalit so‘zlar
:
qiyosiy
tilshunoslik, xususiy tilshunoslik,
turkiy singarmonizmlar.
Qadimgi turkiy til hozirgi barcha turkiy tillar: o‘zbek, uyg‘ur, qirg‘iz, qozoq, turkman,
ozarbayjon, usmonli turk, tatar, xakas, yoqut va boshqa tillar uchun qadimgi turkiy til umumiy til,
ya’ni bobo til sanaladi. Bu davrda mansub so‘zlar:
budun-xalq, ingek-sigir,
bilig-bilim, yag‘i-
dushman, yov, batsiq-g‘arb, Koch-urug‘, okush-ko‘p, oz-jon,vujud kabilar…
Eski turkiy til X-XII asrlar qoraxoniylar davlati hukm surgan davrdir. Qoraxoniylar davlatida
arab tili ilmiy va diniy til bo‘lib qoldi, fors-tojik tili rasmiy va adabiy til bo‘lsa-da , turkiy tilda ham
rasmiy hujjatlar tuzildi. Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osiyodagi Barcha turkiy
tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo’lgan til sanaladi. Mahmud Qoshg‘ariy
tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarining shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lgan
til sanaladi. Mahmud Qoshg‘ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha
turkiy tillarning bir necha
guruhlarini tasniflab, qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka asos soldi. Bu davrga mansub so‘zlar:
Kokramak-na’ra tortmoq, qirg‘ilach-qaldirg‘och, sandilach-sa’va,
elig-hukmdor, sandug‘ach-
bulbul, bugu-dono,
qut-baraka, emak-mehnat, uma-mehmon. “Devoni lug‘oti turk”dan parcha:
“Emgak ekinda qolmas”- Mehnat bekorga ketmas, “Uma kelsa, qut kelur”- Mehmon kelsa, Baraka
keladi. Eski o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy. U o‘zbek tilini xazina deb bildi. Bu
xazinani ilonlardan va tikanlar o‘rab turganini ta’kidladi. U eski o‘zbek adabiy tilini ana shu “ilon”
va “tikanlar”dan tozalab berdi. Eski o‘zbek adabiy tili eng rivojlangan davr XV asr sanaladi.
“O‘zbek” atamasi tarixda ilk bor Rashididdinning “Mog‘ullar tarixi” asarida atoqli ot ma’nosida
qo‘llangan. Jaloliddin Manguberdining qoshin boshliqlaridan birining ismi O‘zbektoy bo‘lgan.
O‘zbek so‘zining “o‘ziga bek”, “otliq qo‘shin”, “to‘g‘ri”, “sodda”, “insofli”, “saxiy” kabi ma’nolari bor.