Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Ustki bo‘ylama mushak
tilning 
yuqo ri qismida bevosita shilliq parda ostida yotadi. Til ildizi so-
hasidan bosh lanib, til uchida tugaydi. Qisqarganida tilni qisqarti-
rib, uchini yuqoriga ko‘taradi.
Pastki bo‘ylama mushak 
tilning pastki yuzasida yotadi. Til il-
dizi sohasidan boshlanib, til uchini pastki yuzasida tugaydi. Qis-
qarganida tilni qisqartirib, uchini pastga tushiradi.
Tilning ko‘ndalang mushagi
til to‘sig‘idan tilning ikki chek-
kasiga ko‘ndalang yo‘nalgan tolalardan iborat bo‘lib, til chekka-
si shilliq pardasida tugaydi. Qisqarganida tilni toraytirib, til usti-
ni ko‘taradi.
Tilning vertikal mushagi,
asosan, uning chekkalarida, til usti 
va tilning pastki yuzasi shilliq pardasi o‘rtasida joylashgan. Qis-
qarganida tilni yassilaydi.
Tilning skelet mushaklari bosh suyaklaridan boshlanib tili ning 
xususiy mushaklariga o‘tib ketadi. Ularga quyidagi mushaklar ki-
radi:
Engak-til mushagi 
pastki jag‘dagi engakning o‘tkir qirrasidan 
bosh lanadi. Uning tolalari til to‘sig‘ining yonidan orqaga va yuqo-
riga yo‘nalib vertikal mushakka davom etadi. Qisqarganida tilni 
oldinga va pastga tortadi. 
Til osti-til mushagi 
til osti suyagi tanasi va katta shoxidan 
bosh lanib, oldinga va yuqoriga yo‘nalib tilning ko‘ndalang mu-
shagiga o‘tib ketadi. Qisqarganida tilni orqaga va pastga tortadi.
Bigizsimon o‘siq-til mushagi 
bigizsimon o‘siqdan boshlanib, 
oldinga, pastga va medial tomonga yo‘nalib, tilning yuqorigi va 
pastki bo‘ylama mushaklariga davom etadi. Qisqarganida tilni or-
qaga va yuqoriga tortadi, bir tomonlama qisqarsa, tilni o‘sha to-
monga tortadi.
Tishlar
(dentes) ustki va pastki jag‘ning tish katakchalarida 
milkning yuqorigi chekkasida joylashadi. Sut va doimiy tishlar ta-
fovut qilinadi. Tish uch qismdan: toji, bo‘yni va ildizidan iborat 
(106-rasm).


207
Tish toji 
tishning og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘rinib 
turgan qismi bo‘lib, to‘rtta: til, vestibulyar, tish-
larning bir-biriga tegib turgan va okklyuzion yuza-
lari

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin