Anatomiya 2014. indd


tafovut qilinadi. Tish bo‘yni



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
tafovut qilinadi.
Tish bo‘yni 
tish toji bilan ildizi o‘rtasidagi to-
raygan qismi. Uni atrofidan milkning shilliq par-
dasi o‘rab turadi.
Tish ildizi 
bittadan uchtagacha bo‘lib, tish ka-
takchalarida joylashadi. U ildiz uchi bo‘lib tugaydi. 
Tish toji ichidagi tish bo‘shlig‘i ildizga tish ildizi-
ning kanali bo‘lib davom etadi. Bu kanal ildiz uchi-
da tish ildizi uchidagi teshik bo‘lib ochiladi. U or-
qali kirgan qon tomir va nervlar tish pulpasini
 
hosil 
qiladi. Tish pulpasi joylashgan joyiga qarab tish toji-
ning pulpasi
 
va tish ildizining pulpasiga bo‘linadi.
Tishning qattiq moddasi dentindan iborat bo‘-
lib, tish toji tashqi tomondan emal,
 
ildizi esa se-
ment bilan qoplangan.
Tish toji va ildizining tuzilishiga qarab (107-
rasm) kesuvchi, qoziq, kichik va katta oziq tishlar tafovut qilinadi.
1. Kesuvchi (kurak) tishlar
 
jag‘ning bir tomonida ikkitadan 
bo‘lib, joylashishiga qarab tashqi va ichki kurak tishlar deb ata-
ladi. Tish toji iskanaga o‘xshash, og‘iz dahliziga qaragan yuza-
si biroz ko‘tarilgan, til yuzasi botiq bo‘lib, bo‘yni sohasida tish 
bo‘rtig‘i bor. Chaynov yuzasi o‘tkir kesuvchi chekka
 
bilan tugay-
di. Yuqorigi kurak tishlamining toji pastkisiga nisbatan sezilarli 
katta bo‘ladi. Kurak tishni ildizi bitta konus shaklida, pastkisiniki 
yon tomondan siqilgan.
106-rasm. Tish-
ning tuzulishi:
1–emal;
2–dentin; 3–toj 
bo‘shlig‘i; 4–tish 
ildizining kanali;
5–sement; 
6–tish ildizi 
uchidagi teshik.
107-rasm. Doimiy tishlar, o‘ng tomonniki, til yuzasi:
1–kesuvchi tishlar; 2–qoziq tish; 3–kichik oziq tishlar; 4–katta oziq tishlar.


208
2. Qoziq tishlar jag‘ning bir tomonida bittadan, toji o‘tkir 
uchli konus shaklida bo‘lib, til yuzasida do‘mboqchasi bor. Il-
dizi uzun, yon tomondan siqilgan va yon tomonlarida bo‘ylama 
egati bor. Yuqo rigi qoziq tish lar pastkisidan keng toji va uzun il-
dizi bilan farq qiladi.
3. Kichik oziq tishlar
 
jag‘ning bir tomonida ikkitadan bo‘lib 
qoziq tishlamining orqasida joylashadi. Tish tojining chay-
nov yuza si to‘rtburchak shaklida bo‘lib, sagittal egat bilan ik-
kita do‘mboqqa ajragan. Tashqi vestibular do‘mbog‘i ichki til 
do‘mbog‘iga nisbatan katta. Pastki kichik oziq tishlamining ildi-
zi bitta konus shaklida. Yuqorigi kichik oziq tishlamining ildizi 
goho ayri shaklida bo‘ladi. Yuqorigi kichik oziq tishning ildizi 
oldindan orqaga biroz siqilgan. Uning oldingi va orqa yuzalari-
da bo‘ylama egati bor.
Katta oziq tishlar
 
jag‘ning bir tomonida uchtadan. Ular ki-
chik oziq tishlamining orqasida joylashib, toji kubsimon shakl-
da. Chaynov yuzasi ikkita egat vositasida ikkita lunj va ikkita til 
bo‘rtig‘iga ajragan. Yuqori jag‘ tishlarining ildizi uchta. Pastki 
katta oziq tishlarining ildizi esa ikkita bo‘lib, oldindan orqaga qa-
rab siqilgan. Katta oziq tishlarining uchinchisi ancha kech (18–25 
yoshda) chiqadi va «aql tishi»

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin