Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Halqum
Halqum
(pharynx) bosh va bo‘yin sohasida joylashgan toq 
a’zo bo‘ lib, hazm va nafas tizimiga kiradi (109-rasm). Halqum 
bo‘shlig‘ida hazm va nafas yo‘llari kesishadi. U voronkasimon 
shaklda bo‘lib, uzun ligi 12–14 sm. Halqum burun, og‘iz bo‘shliq-
lari va hiqildoqning orqasida yotadi. U yuqorida kalla asosiga bi-


212
rikadi. Pastda u VI–VII bo‘yin umurt qalari 
sohasida qizilo‘ngachga o‘tib ketadi. Kalla 
asosiga birikkan yuqori devori halqum gum-
bazi
 
deyiladi. Halqumning orqa yuzasi bo‘yin 
umurtqalari oldida joylashgan mushaklar va 
bo‘yin fassiyasiga tegib turadi. Halqumning 
ikki yon tomonida bo‘yinning tomirli-nerv-
li dastasi yotadi. Halqumning old tomonida 
joylashgan a’zolarga nisbatan halqumda uch: 
burun, og‘iz va hiqildoq qismi tafovut qili-
nadi.
109-rasm. Halqum mushaklari (orqa tomondan ko‘rinishi):
1–halqum-asos fassiyasi; 2–halqumning ustki qisuvchi mushagi;
3–bigizsimon o‘siq-halqum mushagi; 4–bigizsimon-til osti suyagi mushagi;
5–halqumni o‘rta qisuvchi mushagi; 6–til osti suyagi; 7–qizilo‘ngach; 
8–halqumning pastki qisuvchi mushagi; 9–medial qanotsimon mushak.
Halqumning burun qismi
 
halqum gumbazi bilan yumshoq 
tang lay o‘rtasida joylashgan. U o‘ng va chap xoanalar vositasi-
da burun bo‘shlig‘i bilan qo‘shilgan. Halqum gumbazini orqa de-
vorga o‘tish joyini ichki yuzasida limfoid to‘qima to‘plami hal-
qum murtagi
 
joylashgan. Halqumning burun qismini yon devori-
da eshituv nayining halqum teshigi,
 
uning ust va orqa tomonida 
nay bolishi
 
joylashgan. Eshituv nayi halqumni o‘rta quloq bilan 
qo‘shib turadi. Nay teshigi bilan tanglay chodiri o‘rtasida limfoid 
to‘qima to‘plami – nay murtagi

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin