Anatomiya 2014. indd


ikkinchi- si IV–V ko‘krak umurtqasi sohasida, qizilo‘ngachning chap bosh  bronx bilan kesish gan joyida bronxial torayma



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
ikkinchi-
si IV–V ko‘krak umurtqasi sohasida, qizilo‘ngachning chap bosh 
bronx bilan kesish gan joyida bronxial torayma,
 
uchinchisi qizil-
o‘ngachning diafragmadan o‘tgan joyida diafragmal torayma.


215
Bundan tashqari qizilo‘ngachda 
ikkita fiziologik torayma ham bor: 
1. 
Aortal torayma qizilo‘ngach-
ning aorta bilan kesishgan joyida. 
2. Kardial torayma qizilo‘gachning 
oshqozonga o‘tish joyida. 
Qizilo‘ngachning devori quyi-
dagi qavatlardan iborat (110-rasm): 
Shilliq pardasi nisbatan qalin bo‘lib, 
unda yaxshi bilingan mushak qatla-
mi bor. U ichki tomondan ko‘p qa-
vatli yassi epiteliy bilan qop langan. 
Shilliq pardada bo‘ylama burmalar, 
a’zo bo‘shlig‘iga ochiladigan qizil-
o‘ngachning shilliq ishlab chiqaruv-
chi bezlari
 
va yakka-yakka limfoid 
tugunchalari bor.
Shilliq osti asosi yaxshi rivojlan-
gan bo‘lgani uchun shilliq qavat da 
bo‘ylama burmalar hosil qiladi va 
qizilo‘ngachning ko‘ndalang kes-
masida uning bo‘shlig‘i yulduzsimon shaklda ko‘rinadi. Bo‘yla-
ma burmalar ovqat luqmasi o‘tgan vaqtda tekislanib, qizilo‘ngach 
bo‘shlig‘i kengayadi.
Mushak qavati
 
ikki: tashqi bo‘ylama va ichki halqali qavatdan 
tash kil topgan. Qizilo‘ngachning yuqori qismida mushak qavati 
ko‘n dalang-targ‘il mushaklardan iborat bo‘lib, o‘rta qismida se-
kin-asta shilliq mu shak bilan almashadi. Past ki qismi esa shil-
liq mushak tolalaridan tuzilgan bo‘lib, oshqozon devoriga davom 
etadi. Bo‘ylama mushak tolalarining qisqarishi uni kengaytirsa, 
halqasimon mushak tolalari toraytiradi.
Advensial parda yumshoq tolali biriktiruvchi to‘qimadan tash-
kil top gan.
Qorin bo‘shlig‘i
Qorin bo‘shlig‘i 
yuqoridan diafragma bilan chegaralanib, 
past dan kichik chanoq bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi. Uni orqa tomon-
dan bel umurtqalari, belning kvadrat va yonbosh-bel mushagi, 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin