226
ning o‘ng yon tomonida yotadi. Uning uzun ligi 15–20 sm. Ji-
garning o‘ng bo‘lagi visseral yuzasiga borganida u chapga buri-
lib, chambar ichakning o‘ng bukilmasini hosil qilib, ko‘ndalang
chambar ichakka o‘tib ketadi. Qorinparda
bilan old va ikki yon
to monidan o‘ralgan.
Ko‘ndalang chambar ichak
chambar ichakning o‘ng bukil-
masidan boshlanib ko‘ndalang joylashadi. Uning uzunligi 30–83
sm (o‘rtacha 50 sm) bo‘lib, chambar ichakning chap bukilmasi-
ni hosil qilib tushuvchi chambar ichakka o‘tib ketadi. Ko‘ndalang
chambar
ichakning uzunligi, uning boshlanish va oxirgi nuqtalari
oralig‘idan uzun bo‘lgani uchun, odatda, u pastga qaragan ravoq
shaklida joylashadi. Ko‘ndalang chambar ichak qorinparda bilan
har tomondan o‘ralgan, ichaktutqichi bor bo‘lib,
uning vositasida
qorin bo‘shlig‘i orqa devoriga birikadi.
Tushuvchi chambar ichak
chambar ichakning chap bukil-
masidan bosh lanib pastga tomon tushib yonbosh suyagi qirra-
si sohasida sigma simon chambar ichakka o‘tib ketadi.
U qorin
bo‘shlig‘ining chap yon tomonida yotadi. Tushuvchi chambar
ichak ning uzunligi 12–15 sm. Tu shuvchi chambar ichakni qo-
rinparda uch tomondan (old va ikki yon) o‘ragan.
Sigmasimon chambar ichak chap yonbosh chuqurchasida
yota di. U yuqorida yonbosh suyagi
qirrasi sohasidan boshlanib,
dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi sohasida to‘g‘ri ichakka o‘tib keta-
di. Sigmasimon ichakning uzunligi 15–67 sm bo‘lib, odatda, ikki-
ta qovuzloq hosil qilib joylashadi. U qorinparda bilan har tomon-
dan o‘ralgan. Sigmasimon ichakni ichaktutqichi bor bo‘lib, qo-
rin bo‘shlig‘ining orqa devoriga birikkan. Ichaktutqichi bo‘lgani
uchun u harakatchandir.
To‘g‘ri ichak
(rectum) hazm kanalining oxirgi qismi bo‘lib,
kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan. U III dumg‘aza umurt-
qasi sohasidan boshlanib oraliq sohasida orqa teshik bo‘lib tu-
gaydi. To‘g‘ri ichakning uzunligi katta yoshli odamlarda o‘rtacha
15–20 sm.
To‘g‘ri ichak, odatda, to‘g‘ri turmay sagittal sathda ikkita
bu kilma: dumg‘aza suyagi botiqligiga mos dumg‘aza
egriligi va
oraliq da oldinga yo‘nalgan oraliq egriligini hosil qiladi. To‘g‘ri
ichak ning yuqorigi dum g‘aza sohasida joylashgan qismi kengayib,
to‘g‘ri ichak kengaymasini hosil qiladi.
Pastki oraliqdan o‘tadigan toraygan qismi orqa chiqaruv kana-
227
li deb ataladi. Bu kanal pastda orqa teshik bo‘lib tugaydi. To‘g‘ri
ichakning mushak qavati ikki – bo‘ylama, uzunasiga ketgan va hal-
qali qavatdan iborat.To‘g‘ri ichakning bo‘ylama,
uzunasiga ketgan
qavat mushak tolalari uning devorini to‘liq o‘rab, pastda orqa
teshikni ko‘taruvchi mu shak tolalari bilan chatishib ketadi. Ichki
halqali qavati esa chiqaruv kanali sohasida orqa teshikni qisuvchi
ichki (ixtiyordan tashqari) mushakni
Dostları ilə paylaş: