Anatomiya 2014. indd


Yog‘da eriydigan vitaminlarga



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Yog‘da eriydigan vitaminlarga 
A, D, K va E vitaminlari kiradi.
A vitamini – rertinol hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, ba-
liq moyi va treska jigarida ko‘p bo‘ladi. O‘simliklarda A provi-
tamini – karotin uchraydi, u hayvon organizmida A vitaminga 
aylanadi. Bu vitaminga organizmning kundalik ehtiyoji 1,0–1,5 
mg bo‘lib, unga talab yuqumli kasalliklar, ko‘zni faoliyati ku-
chayganda oshadi. A vitamining yetishmovchiligining o‘ziga xos 
belgilari teri, ko‘z, hazm trakti va nafas yo‘llarining epiteliysi-
ning kuchli shoxlanishi va ko‘chishining kuchayishidir. Ko‘z qu-
rishi – kseroftalmiya rivojlanadi. Kasallikning zo‘rayishi shox 
pardaning nekroziga – keratomalyatsiyaga olib keladi.
Bundan tashqari shabko‘rlik paydo bo‘lib, odam qorong‘ilikda 
ko‘ra olmaydi. Bunga sabab tarkibiga A vitamini kiradigan ko‘ruv 
purpurini sintezini buzilishidir. Ko‘ruv purpuri ko‘zning to‘r par-
dasi retseptorlari tayoqchalar tarkibiga kirib oq-qorani ajratish 
uchun zarur.
D vitamini – kalsiferol, D
2
– raxitga qarshi. Bu vitaminlar 
sigir moyi, tuxum sarig‘i, ayniqsa, baliq moyida juda ko‘p bo‘ladi. 
Kat ta odamning bu vitaminga kundalik ehtiyoji 0,025 mg, bolalar-
niki 0,07 mg. O‘sim liklarda va odam terisida ergosterin modda-
si bo‘lib, u quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida D vitamini-
ga aylanadi. Bolalar organizmida D vitamining yetishmovchiligida 
kalsiy va fosfor almashinuvi buzilib, raxit kasalligiga olib keladi. 
Bunda suyak lar yum shab, tana og‘irligi ta’sirida qiyshayib qoladi, 
mushaklar esa bo‘shashib qoladi.
K vitamini – filloxinon yoki antigemoragik vitamin protrom-
bin va bosh qa qon ivituvchi omillarni sintezlashda ishtirok etadi. 
K vita mining yetish movchiligida jigarda protrombin ishlab chiqa-
rish kama yishi sababli qon ivishi buziladi va hazm tizimi bo‘shlig‘i 
va teri ostiga qon quyilishiga olib keladi. K vitamini pomidor, ka-
ram, ryabina mevasi va jigarda ko‘p bo‘ladi. Organizmning K vi-
taminiga kundalik ehtiyoji 1–2 mg. K vitaminini so‘rilishi uchun 
o‘t kerak bo‘ladi.
E vitamini – tokoferrol ko‘p miqdorda petrushka, pomidor, 
o‘sim lik moyi, jo‘xori va arpa unida bo‘ladi. Organizmning E vita-
miniga kundalik ehtiyoji 10–12 mg. Bu vitamin ko‘payish faoliya-
tini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. E vitamining yetishmaga-


326
nida spermatozoidlarning yetilishi va harakati buziladi, mushaklar 
degenratsiyasi va zaifligi, jinsiy faoliyatning susayishi, suyak atro-
fiyasi kuzatiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin