331
Somatotrop gormon oqsillar sintezini kuchaytiradi va yog‘ning
parchalanishini tezlatadi, shuning uchun o‘sish davrida bolalar
va o‘smirlarda yog‘ to‘planishi pasayadi. Agar bolalik davrida so-
matotrop gormon kam ishlab chiqarilsa – gipofizar karlikizmga,
ko‘p ish lab chiqarilsa – gipofizar gigantizmga olib keladi. Agar
bu gormon katta yoshdagi odamlarda tana o‘sishi to‘xtagan vaqt-
da ko‘payib ketsa, tananing ayrim qismlari: qo‘l, oyoq, til, burun,
pastki jag‘ kattalashib, akromelogiya xastaligi paydo bo‘ladi. Bu
gormonning gipofunksiyasi katta odamda goho modda almashi-
nuvida chuqur o‘zgarishlarga olib keladi. Bunda odam umuman
semirishi yoki haddan tashqari ozib ketishi mumkin.
Tireotrop gormon qalqonsimon bez follikulasi epiteliyi yeti-
lishini boshqaradi va uning gormonlari ajralishini faollashtiradi.
Gonadotrop gormon erkaklarda moyaklar o‘sishini va sper-
mato ge nez jarayonini kuchaytiradi. Ayollarda organizmning jin-
siy taroq qiyoti, ovulyatsiya jarayoni va sut bezlarining o‘sishiga
ta’sir qiladi.
Gipofizning o‘rta bo‘lagi gormoni melotonin teri pigmenta-
tsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Orqa bo‘lak yoki neyrogipofiz
tarkibiga
о
rqa bo‘lak, quyg‘ich,
adenogipofiz va gipotalamus o‘rtasida joylashgan o‘rta tepalik ki-
radi. Gipofizning orqa bo‘lagi neyroglial hujayralardan, gipotala-
musdan neyrogipofizga keluvchi nerv tolalaridan va neyrosekre-
tor tanachalardan iborat. Neyrogipofizning gormonlari vasopres-
sin yoki antidiuretik gormon (ADG) va oksitotsin gipotalamus-
ning supraoptik va paraventrikular o‘zaklarida ishlab chiqarilib,
gipotalamo-gipofizar dasta aksonlari orqali neyrogipofizga tusha-
di. Vazopressin buyrak naychalarida suvni qayta so‘rilishini ku-
chaytirib, antidiuretik ta’sir ko‘rsatadi, natijada siydik ajralishi
kamayadi. Bundan tashqari u arteriolalarni toraytirib, arterial bo-
simni oshiradi.
Oksitotsin bachadon mushaklarining qisqarishini kuchayti-
rib, tug‘ish jarayonini tezlatadi. Bundan tashqari u sut bezlarining
fao liyatini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: