Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə347/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Bosh va bo‘yin. 
Boshning limfa tomirlari qon tomirlar yo‘na-
lishida yuqoridan pastga qarab yo‘naladi. Ular bosh bilan bo‘yin 
o‘rtasida joylashgan limfa tuguni to‘plamlariga quyiladi. Bu 
to‘plamlar quyidagilar: ensa qon tomirlari yo‘nalishida joylash-
gan ensa limfa tugunlariga bosh ning ensa sohasidan keluvchi lim-
fa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan olib ketuvchi limfa tomir-
lari bo‘yinning lateral chuqur tugunlariga quyiladi. So‘rg‘ichsi-
mon o‘simta tugunlari quloq suprasining orqasida joylashib, ular-
ga quloq suprasi va boshning tepa qismi limfa tomirlari keladi. 
Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari quloq oldi 
va bo‘yinning yuzaki tugunlariga quyiladi.
Quloq oldi bezi sohasida tashqi joylashgan quloq oldi yuza-
ki lim fa tugunlari
 
va bcz bo‘laklari orasida joylashgan quloq oldi 
chuqur limfa tugunlariga boshning peshona, tepa sohalari, quloq 
suprasi, tash qi eshituv yo‘lagi, eshituv nayi, quloq oldi bezi va yu-
qori lablar limfa tomirlari keladi. Bu tugunlardan chiquvchi olib 
ketuvchi limfa tomirlari bo‘yinning yuza va chuqur limfa tugun-
lariga boradi.
Halqumning orqasida va yon devorlarida joylashgan halqum 
orqasidagi limfa tugunlariga
 
halqum devoridan, burun bo‘shli-
g‘i va burun ning yon bo‘shliqlari shilliq pardasi, tanglay va til 
murtaklaridan, eshituv nayi va nog‘ora bo‘shlig‘i limfa tomirla-


409
ri keladi. Bu lim fa tugunlaridan bosh langan olib ketuvchi lim fa 
tomir lar bo‘yinning lateral chuqur guruh limfa tugunlariga bo-
radi.
Jag‘ osti uchburchagida joylashgan pastki jag‘ limfa tugunlari-
ga yuz terisi, qovoqlar, burun, lab, lunj limfa tomirlari quyiladi. 
Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari bo‘yinning 
lateral chuqur limfa tugunlariga quyiladi.
Bo‘yinning chuqur limfa tugunlari bo‘yinning old va yon to-
monlarida joylashgan. Ularning oldingi guruhiga hiqildoq oldi 
lim fa tugunlari,

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin