Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə350/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

T-limfositlar 
takomillashadi.
 
Hosil bo‘lgan T-lim-
fositlar qon bilan birga timusga bog‘liq bo‘lgan limfa tugunining 
parakortikal qismi, taloqning limfoid tugunlarining periarterial 
qismiga kiradi va hujayra immuniteti hosil bo‘lishini ta’minlay-
di. Bundan tashqari ayrisimon bez T-limfositlarning takomilla-
shuviga va faoliyatiga ta’sir qiluv chi timik omillarni ham ishlab 
chiqaradi. Limfositlarning bir qismi taloq va limfoid to‘qimaga 
o‘tib, 
B-limfositlar 
va
 
plazmositlarga takomillashadi. B-limfo-
sitlar va plazmositlar antigenlar bilan uchrashganda yot oqsillar-
ni bog‘lab olib neytrallovchi maxsus antitela – immunoglobulin-
lar ishlab chiqaradi. T va B-limfositlar faoliyati bilan farq qiladi. 
T-lim fositlar organizm da «o‘ziniki» va «begonani» ajratish xusu-
siyatiga ega. Ularning y uzasida yot oqsillar bilan uchrashganda 
qo‘zg‘aluv chi retseptorlari bor. Bunda ular yot oqsil va hujayra-
larni parchalovchi fermentlar ajratadi.
Immunitet 

 
organizmni tashqi muhitdan kiruvchi yot hujay-
ra va moddalardan yoki unda hosil bo‘luvchi antigenlardan bio-
logik himoya. Mikroblar, viruslar, ovqatdagi va havodagi zarar-
li birikmalar, o‘lik to‘qimalar va o‘zgargan hujayralar antigen 
bo‘lishi mumkin.
Immunitetning hujayra mexanizmi asosida I.I.Mechnikov 
och gan 
fagositoz
– ya’ni leykositlarning bakteriyalar, mayda 
zarrachalar, hujayralar bo‘laklarini yutish va ularni hazm qilish 
xususiyati yotadi. Neytrofillar, bazofillar, eozinofillar va mono-
sitlar fagositlar hisoblanadi. Monositlar yallig‘lanish o‘chog‘iga 
borib, 100 tagacha bakteriyalarni yuta oladigan makrofaglarga 
aylanadi. Antigen-antitela majmuyi fagositlar tomonidan ushlab 
olib h azm qilinadi. Fagositoz immunitetni birdan bir mexani-
zmi emas. Qon plazmasida bakteriotsid va antitoksik modda-
lar aniq langan. Qonning globulinlaridan biri – interferon ko‘p 
viruslarni faolsiz lantirsa, proverdin va lizosim bir qator bak-
teriyalarni parchalaydi, sitotoksinlar rak hujayralarini o‘ldira-
di. Bu moddalar 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin