416
aniq mosla shuvini ta’minlaydi va organizm ichidagi faoliyatla-
rini boshqaradi. Refleks nerv faoliyatining vazifaviy birligidir.
Har qanday ref leksni bajarish uchun reflektor yoyining barcha
qism lari butun bo‘lishi kerak. Birorta qismning buzilishi refleks-
ni yo‘qolishiga olib keladi.
Refleks vaqti
. Refleks vaqti deb ta’sir berilgan vaqtdan un-
ga javob hosil bo‘lguncha o‘tgan vaqtga aytiladi.
U retseptor-
ni qo‘zg‘atish ga, qo‘z g‘alishni sezuvchi tolalar, MNT, harakat-
lantiruvchi tolalar va ish chi a’zoni qo‘zg‘alishiga ketgan vaqt-
lar yig‘indisidan iborat. Bu vaqtning katta qismi qo‘zg‘alishni
nerv markazlariga o‘tkazish ga (refleksning markaziy vaqti) ke-
tadi, chunki MNT sinapslarida qo‘zg‘alishni o‘tkazish sekin-
lashadi, buni sinapsda ush lab qolish deb ataladi.
Reflektor yoy
tarkibiga qancha kam neyron kirsa, ref leks vaqti shuncha kam
bo‘ladi. Shuning uchun pay cho‘zilganda hosil bo‘ladigan ik-
ki neyron dan iborat pay reflekslari ancha tez. Ularning vaq-
ti bor yo‘g‘i 19–23 ms, qachonki ko‘zni ta’sirlaganda chaqirila-
digan ko‘zni qisish refleksi vaqti 50–200 ms.
Avtonom ref leks-
larning vaqti eng ko‘p bo‘ladi. Refleks vaqti ta’sirot kuchi va
MNTning qo‘zg‘aluvchanligiga bog‘liq. Kuchli ta’sirotda u qis-
qa, qo‘zg‘aluvchanlik pasayganida u uzayadi, qo‘zg‘aluvchanlik
oshganida sezilarli kamayadi.
Dostları ilə paylaş: