456
Bosh miya pos‘tlog‘ining fiziologiyasi
Bosh miya po‘stlog‘ining faoliyati miya so‘g‘oni va orqa miya
faoliyatidan farq qiladi va oliy nerv faoliyati deb ajratiladi. Bu ter-
minni I.P. Pavlov kiritgan. Oliy nerv faoliyati deganda – u ahloq,
organizmni tash qi muhit o‘zgarishiga moslashish, o‘zini o‘ragan
muhitga teng lashish faoliyatini tushungan. Oxirgi miya organizm-
ning aqliy faoliyati, fikrlash a’zosidir.
I.P. Pavlovning bosh miya yarimsharlari faoliyatini o‘rganish-
dagi yutuq lari, po‘stloq faoliyatining reflektor tabiatini va faqat
unga xos bo‘lgan shartli reflekslarni ochib berishi bilan bog‘liq.
Bosh miya yarimsharlarining faoliyati mexanizmini ochib I.P. Pav-
lov, uning vazifalarini o‘rganishda qo‘llaniladigan usul – shartli
reflekslar usulini yaratdi. Shartli ref lekslar odamning ahloqini ho-
sil qiluvchi elementar holatlardan iborat.
Bosh miya yarimsharlarida faoliyatlarning joylashuvini o‘rga-
nish uchun turli usullar: po‘stloqni qisman olib tashlash, ele ktr va
kimyoviy ta’sirlash, miyaning biotoklarini yozish va shartli ref-
lekslar usuli qo‘laniladi. Bosh miya po‘stlog‘ini ta’sirlash usuli
bilan harakatlantiruvchi, sezuvchi (sensor) va assotsiativ sohalar
aniqlangan.
Bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ni harakatlantiruvchi soha-
larini ta’sirlaganda harakat paydo bo‘ladi. Po‘stloqdagi harakat-
lantiruvchi sohalarning kattaligi mushaklar massasiga proporsio-
nal bo‘lmay, harakatning aniqligiga bog‘liq.
Hayvonlarda po‘stloqning turli qismlarini olib tashlash sezuv-
chi (sensor) faoliyatlarni joylashishini o‘rganishga yordam berdi.
Terining ayrim qismlarining proyeksiyasini po‘stloqdagi sohasini
katta-kichikligi shu qismning faoliyatiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: