Anatomiya 2014. indd


Oliy nerv faoliyati turlari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə388/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Oliy nerv faoliyati turlari
Ma’lumki, hayvonlar hulqi va mijozi bilan bir-biridan kat-
ta farq qiladilar. Nerv jarayonlari uch asosiy ko‘satkich: kuchi, 
muvozanatlashganligi va harakatchanligiga qarab farqlanadi. 
Nerv jarayonini kuchi nerv hujayralarining ishlash qobiliyatini 
ko‘rsatadi. Nerv jarayonlarining kuchiga qarab hayvonlar kuchli 
va kuchsizga bo‘linadi.


462
Nerv tizimining kuchli turi ikkiga: muvozanatlashgan va mu-
vo za nat lashmaganga bo‘linadi. Muvozanatlasmaganda qo‘zg‘alish 
jara yo ni, tormozlanish jarayoniga nisbatan ancha kuchli. I.P. Pav-
lov uni qo‘z g‘aluv chan, tiyib bo‘lmaydigan deb atagan. Muvozanat-
lash gan tur nerv jarayonlarning harakatchanligiga qarab ikki xil 
bo‘ladi. Harakatchan tur yangi sharoitga tez moslashadi va to‘g‘ri 
qaraydi. Kamharakat turda moslashish qiyin va sekin o‘tadi.
Oliy nerv faoliyatining to‘rt turi
(I.P.Pavlov bo‘yicha)
I.P.Pavlov tomonidan ajratilgan nerv tizimi turlari Gippokrat-
ning mijozlar haqidagi tasnifiga to‘g‘ri keladi. U odamni to‘rt tur-
ga: I xolerik (qiziqqon, serjahl), II sangvinik (dadil, serharakat), 
III flegmatik (sovuqqon, kamharakat, vazmin) va IV melanxolik 
(g‘amgin, bo‘shang) ajratadi.
Nerv tizimi turlari tug‘ma, irsiy bo‘lib, unga atrof-muhit ma’-
lum bir ta’sir ko‘rsatadi. Xususiyatlar ota-onadan o‘tsa, xarakter 
shaxsiy hayotda orttiriladi.
Bosh miya pardalari
Bosh miya ham xuddi orqa miyadek uchta parda bilan o‘ralgan 
(196-rasm). Bu pardalar bosh miyani o‘rab, katta teshik sohasida 
orqa miya pardalariga o‘tib ketadi. Bosh miyaning qattiq, to‘r va 
yumshoq pardalari tafovut qilinadi.
Bosh miyaning qattiq pardasi 
(dura mater encephali) pishiq 
bo‘ lib, tarkibida kollogen va elastik tolalari bo‘lgan biriktiruvchi 
to‘qimadan iborat. Kalla bo‘shlig‘ini ichki tomondan qoplab, u 
kallaning miya qismi suyaklarini qoplovchi suyak usti parda va-
zifasini ham bajaradi.
Kalla qopqog‘i suyaklari bilan u pishiq birikmagan bo‘lib, 
oson ajraladi. Kalla asosi suyaklari bilan u choklarning chekka-


463
lari va te shiklar sohasida mustahkam birikkan. Qattiq pardaning 
to‘rsimon pardaga qaragan ichki yuzasi silliq. Ba’zi sohalarda qat-
tiq parda bo‘linib, endoteliy bilan qoplangan uchburchak shakli-
dagi vena sinuslarini hosil qiladi. Vena sinus lariga qon bosh miya 
va kalla suyaklari venalaridan oqib keladi. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin