Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə402/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Qo‘ltiq osti nervi
to‘rt tomonli teshikdan o‘tadi. Yelka 
suyagi xirurgik bo‘ynini orqasidan aylanib o‘tib, harakatlantiruv-
chi tarmoq lari deltasimon, kichik yumaloq mushaklarni, sezuvchi 
tarmoqlari yelka bo‘ 
g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Uning 
oxirgi tarmog‘i yelka terisining ustki lateral nervi yelkaning late-
ral sohasi terisini innervatsiya qiladi.
Yelka chigalining uzun tarmoqlari, uning o‘mrov osti qismidan 
chiqadi. Lateral dastadan mushak-teri nervi va o‘rtadagi nervning 
lateral ildizi, medial dastadan tirsak nervi, o‘rtadagi nervning me-
dial ildizi, yelka terisianing medial nervi va bilak terisining medial 
nervi, orqa dastadan qo‘ltiq osti va bilak nervlari chiqadi.
1. 
Mushak-teri nervi
lateral va past tomonga yo‘naladi. Yelka-
da yelkaning ikki boshli, tumshuqsimon-yelka, yelka mushaklari-
ni hamda tirsak bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Yelkaning 
pastki qismida fassiyani teshib o‘tib, bilakning oldingi yuzasiga 
tusha di va bilakning lateral terisining nervi nomi bilan bilakning 


479
lateral y uzasi terisini bosh barmoq asosidagi tepalik sohasigacha 
innervatsiya qiladi.
2.
 O‘rtadagi nerv
(n. medianus) lateral va medial tutamlar-
dan chi quvchi ikki ildizning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Yel-
kada o‘rtadagi nerv shox bermay, yelka arteriyasi bilan birga-
likda tirsak chuqurchasiga tu shadi. Bilak u bilakning oldingi gu-
ruh mu shaklarini (panjani bukuvchi tirsak mushagi va barmoqlar-
ni bukuv chi chuqur mushakni medial qismidan tashqari) innerva-
tsiya qiladi. Qo‘l kaftiga o‘rtadagi nerv barmoq larni bukuvchi 
mushak paylari bilan birga o‘tib, kaft aponevrozi ostida oxir-
gi tarmoqlarga bo‘linib, bosh barmoq mu shaklaridan qo‘l bosh 
barmog‘ini uzoqlashtiruvchi kalta mushakni, qo‘lning bosh bar-
mog‘ini qarama-qarshi qo‘yuvchi mu shak, qo‘lning bosh bar-
mog‘ini bukuvchi kalta mushakning y uza boshchasini va 1–2 
chuvalchangsimon mushaklarni innervatsiya qiladi. Uning oxirgi 
tarmoqlari uchta kaft yuzasidagi barmoq larning umumiy nervlari, 
o‘z navbatida, 7 ta kaft yuzasidagi barmoqlarning xususiy nerv-
lariga bo‘linadi. Bu nervlar bosh barmoq tomondan 3,5 barmoq 
terisini innervatsiya qiladi (204-rasm). Bundan tash qari o‘rtada-
gi nerv tolalari bilak-kaft oldi, kaft suyaklari o‘rtasidagi va I–IV 
barmoq bo‘g‘imlarini ham innerva tsiya qiladi.
Yelka chigalining medial dastasidan tirsak nervi, o‘rtadagi 
nerv ning medial ildizi, yelka va bilak terisining medial nervlari 
boshlanadi: 
1. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin