481
(203-rasm). Bilak nervining chuqur tarmog‘i
bilakning orqa yuza-
siga o‘tib, barcha orqa guruh mushaklarni innervatsiya qiladi.
Bilak nervidan yelka-mushak kanalida chiqqan bilakning orqa
teri nervi yelka fassiyasini teshib o‘tib, yelkaning pastki qismi or-
qa yuzasi va bilakning orqa yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
Bel chigali
(plexus lumbalis) yuqorigi uchta bel,
shuningdek,
qisman XII ko‘krak va IV bel orqa miya nervlarining oldingi
shoxlaridan hosil bo‘ladi. Bel chigali bel umurtqalarining ko‘nda-
lang o‘simtalarini old tomonida, belning kvadrat mushagining ol-
dingi
yuzasida, katta bel mushagining orqasida joylashadi. Uning
shoxlari katta bel mushagining chekkalaridan yoki uni teshib
chiqib, qorin devoriga, oyoqqa va tashqi tanosil a’zolarga yo‘na-
ladi. Bel chigalidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1.
Mushak shoxlari
ko‘p sonli bo‘lib, belning kvadrat mushagi,
belning katta va kichik mushaklari va belning ko‘ndalang o‘siq lar
oralig‘idagi mushaklarini innervatsiya qiladi.
2.
Yonbosh-qorin osti nervi
belning kvadrat mushagining ol-
dingi
yuzasidan chiqib, tashqi tomonga qovurg‘a osti nerviga pa-
rallel yo‘naladi. Bu nerv qorinning yon guruh mushaklari va qo-
rinning to‘g‘ri mu shagini, shuningdek,
qorinning oldingi devori
pastki qismi va dumbaning ustki lateral yuzasi hamda sonning yu-
qori lateral sohasi terisini innervatsiya qiladi.
3.
Dostları ilə paylaş: